2-topshiriq. “Bir nihol” she’rini yod oling.
BIR NIHOL
Erkin Vohidov
Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.
Gul-u niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.
3-topshiriq. Savollarga javob bering:
Inson tabiatni qanday qilib boyitadi?
«Jonli tabiat» iborasini nimani tushunasiz?
Qaysi qush (daraxt, hayvon)larni yoqtirasiz? Nima uchun?
Suvni isrof qilmaslik degani nima?
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish degani-chi?
So‘nggi yillarda sayyoramiz iqlimi qanday o‘zgardi?
Buning sababi nimada?
Uyingizda qanday jonivorlar bor? Ularga munosabatingiz qanday?
Mamlakatimizdagi tog‘lar haqida ma’lumot bering.
Umumbashariy va mintaqaviy ekologik muammolar nimalardan iborat?
Uvaysiyning “Anor” haqidagi chistonini eslang va o‘zingiz O‘zbekistonda o‘sadigan biror o‘simlik haqida topishmoq o‘ylab toping
4-topshiriq. Matnni o‘qing va so‘zlab bering. Matn qaysi uslubda yozilganini ayting.
TABIATNI KUZATING
Siz hech tabiatni, o‘simliklar dunyosini kuzatganmisiz? Daraxt yaproqlari qanday paydo bo‘lishini, gul butoqlaridan mevalar qanday hosil bo‘lishini, gullarning qanday ochilishini bilasizmi?
Men gullami juda sevaman. Uzoq vaqt o‘tirib ularni kuzataman. Namozshomgullarning ochilib-yopilishi, atirgul g‘unchalarining sekin-asta kattalashishini ko‘rish kishiga betakror zavq bag‘ishlaydi. Gullar, albatta, ko‘zlarini yummaydi, mushaklari charchamaydi, ammo ular ham biz kabi dam oladi. Ular ham tunda uxlashadi. Kun bo‘yi quyosh nurlaridan oziq oladi va shu oziq bilan o‘sadi. Quyosh bo'lmasa, tunda o‘simliklarda hech qanday jarayon yuz bermaydi. Ular kunni kutib uxlaydi2.
Do'stlaringiz bilan baham: |