O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet10/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

1-topshiriq. Matnni o‘qing. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.


O‘ZBEK TILI
Odamlar til vositasida o‘z fikrlari, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. Jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida tilntng ahamiyali kattadir. XI asrda yashab o‘tgan Yusuf Xos Hojib tilga aql va idrok tarjimoni, deb baho bergan.
Olimlar hisobiga ko‘ra, dunyo aholisi 3000ga yaqin tilda so‘zlashadi. Ana shu tillar kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20ga yaqin til oilasi bor. Til oilalari o‘z navbatida til guruhlariga bo‘linadi.
O‘zbek tili oltoy tillar oilasi va turkiy tillar guruhiga kiradi. O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tilidir. O‘zbek litiga 1989-yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berilgan. Bu tilda O‘zbckistonda yashovchi aholidan tashqari Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘onistonning shimolida va boshqa joylarda yashovchi o‘zbeklar gaplashadilar.
O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi. O‘zbek tilining rivojlanishida XI asrda yashab o‘tgan turkiy tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariy, adib Yusuf Xos Hojib. Buyuk alloma Alisher Navoiylarning hissalari kattadir.
O‘zbek tilining rivojiga, ayniqsa. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng katta ahamiyat berildi.


Lug‘at



fikr – мысль
ifodalamoq - выражать
ahamiyat - значение
aql - ум
his-tuyg‘u – чувство, эмоция

tarjimon – переводчик
aholi - население
maqom - статус
mustaqil- самостоятельный



2-topshiriq. Matnni o‘qing. Matn asosida savollar tuzing


O‘zbek tili, o‘zbek alifbosi va imlosi
O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir. Vatanimizdagi 31 millionga yaqin xalq o‘zbek tilini ona tilim deydi. Bundan tashqari o‘zbek tili Saudiya Arabistonida, Turkiyada, AQShda, Afg‘oniston va Qoshg‘arda hamda bir qancha boshqa davlatlarda yashovchi o‘zbeklarning ham ona tilidir.
O‘zbek (turkiy) tili qadimiy tillardandir. Dastlabki yozma yodnomalar VI-VII asrlarga oid O‘rxun-Enasoy yozuvlarida uchraydi.
X-XI asrlardan boshlab o‘zbek (turkiy) tilida yirik asarlar yaratila boshlandi. Jumladan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” asarlari.
Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Sakkokiy, Xorazmiylar turk (o‘zbek) tilining rivojlanishida katta xizmat qildilar. Turk tilining rivojida Alisher Navoiyning o‘rni beqiyosdir. Alisher Navoiy o‘zbek tilini ham nazariy, ham amaliy jihatdan barqaror etdi.
1920-yillardan boshlab, maktab-maorif sohasida madaniyat va adabiyotda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Adabiyotimizga yangi yorqin iste’dodlar kirib keldi. O‘zbek tilining lug‘at tarkibi boyidi, grammatik qurilishi aniqlasha bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasi tomonidan 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berdi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis va kengashlar respublika davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi. Bu o‘zbek xalqining siyosiy va madaniy hayotidagi eng yirik va muhim voqealardan biri bo‘ldi.
1992-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi.



Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling