4- topshiriq. Yordamlashish mavzusidagi vaziyatni ifodalovchi dialog tuzing.
5-topshiriq. Quyidagi hadislarni o‘qing va tahlil qiling.
1. Ishni puxta va chiroyli bajaruvchi odamni Tangri do‘st tutadi. 2. Uch kundan ortiq arazlashib yurish islomda yo‘q. 3. O‘lib ketganlarni yomonlab haqorat qilmanglar, chunki ular qilmishlariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan joyga ketganlar. 4. Uylaringizdagi yonib turgan o‘tni o‘chirmasdan uyquga ketmanglar! 5. O‘q otish mashqida jonli narsani nishon qilib qo‘ymanglar! 6. Kimki birovga yomonlik qilsa, shu dunyoning o‘zidayoq jazosini ko‘radi. 7. Rahm qilmaganga rahm qilinmaydi, kechirmaganni kechirilmaydi va birovning uzrini qabul qilmaganning tavbasi ham qabul qilinmaydi. 8. Biror kasbu hunar orqasidan rizqu nasibaga ega bo‘lib yashayotgan odam, shu kasbni beuzr o‘zgartirmasin! 9. Kimki ota-onasining roziligini olgan bo‘lsa, unga qanday yaxshi! Tangri uning umrini uzaytiradi. 10. Kimki birovning yozayotgan yoki kelgan xatini beruxsat o‘qishga intilsa, go‘yoki u do‘zaxga intilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |