O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet15/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

1- topshiriq. Matnni o‘qing. Matnga munosabat bildiring va so‘zlab bering.
Tarix va zamonamiz
Tarixiy xotira – inson ma’naviyatining ajralmas qismi, o‘tmishni bilish, uni qadrlash, undan saboq olish natijasi. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, ularni dilga jo etib, bunyodkorlik va yaratish yo‘lidan izchil borishga undaydi.
Buyuk mutafakkir Beruniy ta’kidlaganidek, «O‘tmish kelajakning kalitidir». Mustaqillik tufayli xalqimiz tili, madaniyati, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘z tarixini bilish imkoniga ega bo‘ldi.
Tarixni ilmiy o‘rganish natijalari hozirgi O‘zbekiston zamini jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu qadimiy madaniyat o‘chog‘idan ko‘plab atoqli allomalar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Jahon sivilizatsiyasining rivojida yurtimizning salmog‘i katta. Qadim zamonlarda qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha qimmatini yo‘qotmagan asori-atiqalarimiz bu zaminda azaldan dehqonchilik, hunarmandchilik, me’morchilik va shaharsozlik madaniyati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, falakiyot, me’morchilik, dehqonchilikka oid minglab asarlar bizning beqiyos madaniy va ma’naviy boyligimiz, faxrimizdir. Bunday katta madaniy merosga ega bo‘lgan xalqning kelajagi ham porloq bo‘lishi aniq.
Tarixiy xotira qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihat, ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Tarixiy xotiraning o‘ziga xos jihatlaridan yana bir o‘z o‘tmishidan faxrlanish tuyg‘usidir. Dunyoda hududi O‘zbekistondan bir necha marta katta bo‘lgan ba’zi davlatlar ham aholisi o‘troq bo‘lib yashashni boshlagan moziyning azaliyligi, o‘nlab shaharlarining tarixi 2500 yildan ortiqroq ekanligi bilan g‘ururlana olmaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, tarix shunday manbaki, u insonning o‘zini anglash, jamiyat oldidagi burchi, ajdodlar ruhi oldidagi mas’uliyatini to‘g‘ri tushunishiga, istiqbolni to‘g‘ri belgilashga imkon beradi.
«O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Inson uchun tarixdan judo bo‘lish hayotdan judo bo‘lish demakdir».





Matn mazmuniga doir savol va topshiriqlar


Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling