O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet21/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

1-topshiriq. Matnni o‘qing va unga sarlavha tuzing.

Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o`tmishimiz, tariximiz aks etgan. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz –kelajak yo`q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi.


1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan. Muzey uch qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat joylashgan.Ikkinchi qavatdagi devor markazidan davlatimiz rahbari Islom Karimov g‘oyasi asosida miniatyurachi rassomlar S.Qoraboyev, G‘.Kamolov, X.Nazirov, T.Boltaboyev tomonidan ishlangan “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno joy olgan.  Uchinchi qavatda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan. Dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni uch yarim mingdan oshadi.
Muzeyda turli mavzularda ko‘rgazmalar tashkil etish yaxshi ana’anaga aylangan. “Noyob qo‘lyozmalar xazinasidan”, “Amir Temur – Klavixo – Samarqand”, “Xorijdagi merosimiz”, “Samarqand durdonalari”, “Shohruhiya topilmalari” kabi ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Muzey xodimlarining sa’y-harakati bilan “Temuriylar davri madaniy yodgorliklari”, “Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” to‘plamlari nashr qilindi. Ayni paytda “Temuriylar davri madaniy yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi”, “O‘rta Osiyoda kitobat san’ati (temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari)” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.O‘tgan davr mobaynida muzey xalqimizning qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylandi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy –ma’rifiy maskanlardan biri bo‘lib, bu yerga doim o‘qituvchi va o‘quvchilar muzeyni tomosha qilish, uni o‘rganish va o‘zlariga bir olam zavq, taassurotlar olish uchun tashrif buyurishadi. Muzeyga kirar ekansiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz aks etgan tarixiy buyumlarga, jihozlarga duch kelasiz.
Mamlakatimizga tashrif buyurgan oliy va yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar vakillari yurtimizning boshqa diqqatga sazovor joylari qatori Temuriylar tarixi davlat muzeyini ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar orasida davlat, hukumat va parlament delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar, fan va madaniyat namoyandalari, sayyohlarning ko‘pligi tariximizga xorijda ham qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolatdir.



Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling