O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq.
- 4-topshiriq.
- 5-topshiriq.
2-topshiriq. Quyidagi gaplarda so‘z tartibining buzilishi bilan bog‘liq uslubiy xatolarni aniqlang, ularni o‘z o‘rniga qo‘yib, tahrir qilib ko‘chiring.
Astoydil fermer xo‘jaligi a’zolari mehnat qilmoqdalar. 2. Biz xalq shevalarini tasvirlaymiz va o‘rganamiz. 3. Texnika – chinakam dehqonning do‘sti. 4. U suv ichdi va qaynatdi. 5. Muharrir bo‘lib ishlayman jurnalda. 6. Nigora Ahmedovaning yaqinda quvonchli hodisa hayotida yuz berdi. 3-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring va tarjima qiling. 1. Yoshmisan sen keksani hurmat ayla, O‘zing ham qariysan, hozirdan o‘yla. (F. Attor). 2. Yoshlik – bu orzu. Bu ishonch. Bu jasoratga intilish. Bu lirika va romantika. Bu kelajakka tuzilgan ulkan rejadir. Bu istiqbolning boshlanishi. (N.Hikmat). 3. Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor. (N.V.Gogol). 4. O, yoshlik! Yoshlik! Ehtimol, butun latofating siri hamma narsani uddalayman, deb o‘ylash imkoniyatiga ega bo‘lgan‘ligingdadir. (I.S.Turgenev). 5. Beozor yoshlik yillaridan kamolotning vazmin yo‘llariga otlanar ekansiz – hamma narsani, insonga xos barcha harakatlarni o‘zingiz bilan birga ola keting, yo‘lda qoldirmang: keyin uni o‘rnidan siljita olmaysiz. (N.V.Gogol). 6. Yoshligingni asra. Dunyoda undan yaxshi palla yo‘q. Undan qimmatliroq narsa yo‘q. (M.Gorkiy). 7. Befoyda o‘tgan yoshlik – musibatdir. (A.Qo‘nonboyev). 8. Hayot har bir kishiga ulkan va bebaho tuhfa in’om etadi, bu kuch-quvvatga to‘la yoshlik, bilim va kurashga chanqoqlik, ishonch va orzu-umidga to‘la o‘spirinlikdir. 9. Keksaga ko‘mak ber suyangan tog‘ing, Buni tushunarsan qarigan chog‘ing. ( N. Hisrav). 4-topshiriq. Ilm-fan, kasb-hunarga doir maqollarni tarjima qiling va esda tuting. Bilim – baxt keltirar. Bir yigitga yetmish ikki hunar oz. Boylikning kaliti ilm. Ilm – aql chirog‘i. Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi. Ko‘p o‘qigan olim bo‘lsa, Ko‘pni ko‘rgan dono bo‘lur. Tikansiz gul bo‘lmas, Mashaqqatsiz – hunar. Yuz hunarni chala bilguncha Bir hunarni to‘la bil. Hunar bo‘lsa qo‘lingda, Non topilar yo‘lingda. Dono o‘ylab aytar, Nodon – o‘ynab. Aql bilan odob – egizak. Bilagi zo‘r birni yiqar, Bilimi zo‘r – mingni. Ilmsiz bir yashar, Ilmli ming yashar. 5-topshiriq. Quyidagi maqollarni o‘zbek tiliga tarjima qiling. 1. Лучше поздно, чем никогда. 2. Волков бояться - в лес не ходить. 3. Сперва подумай, а потом говори. 4. Курить - здоровью вредить. 5. Рыбак рыбака видит издалека. 6. Поспешигь - людей насмешиш. 7. Кто вчера солгал, тому и завтра не поверят. 8. Берегись козла спереди, лошади сзади, а лихого человека со всех сторон. 9. Любишь кататься - люби и саночки возить. 10. Не трудиться - хлеба не добиться. 11. Век живи, век учись. 12. Кончил дело - гуляй смело. 13. Не откладывай на завтра то, сто можно сделать сегодня. 14. Семь раз отмерь, один раз отрежь. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling