O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Blits-savollar
1-topshiriq. O‘qigan kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing va ularga qisqacha tavsif bering.
Erkin va turg‘un birikmalar Nutqda ikki yoki undan ortiq so‘zlarning o‘zaro ma’no va grammatik jihatdan bog`lanishidan tuzilgan birikmalar qo‘llaniladi. Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo‘ladi. Ular bir-biridan o‘ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so‘zdan tashkil topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so‘z birikmasi ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so‘zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar. Bunday so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar ayrim-ayrim so‘zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar – zerikarli asar. Shuning uchun ular erkin so‘z birikmasi deb yuritiladi. Tilda ko‘p vaqt bir qolipda qo‘llanaverib, bo‘linmaydigan holga kelib qolgan birikmalar mavjud: og`zi qulog`ida. Demak, so‘z birikmalari ikki xil: a) erkin so‘z birikmasi; b) turg`un so‘z birikmasi. Turg`un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar; b) iboralar. Iboralar oddiy birikmadagi so'zlarga shaklan o'xshab qolishi yumumkin. Masalan, oyog'ini tiradi-o'z ma'nosida erkin birikma, oyog'ini tiradi «ko'nmadi» ma'nosida turg'un birikma. Shuningdek, qo'li ochiq «saxiy» (turg'un birikma) qo'li ochiq «panjalari yoyilgan» (erkin birikma), tarvuzi qo'ltig'idan tushdi birikmasi ham turg'un va erkin birikma ma'nolarini ifoda etadi. So‘z birikmasi va turg`un bog`lanma gapda ayni shaklda qo‘llanishi mumkin: boshiga yetmoq, yaxshi ko‘rmoq, qulog`iga quymoq, o‘z yog`ida qovurmoq, po‘stagini qoqmoq, to‘nini teskari kiymoq, bo‘yniga qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig`idan tushmoq, kapalagi uchib ketmoq kabi birliklar erkin birikma bo‘lganda tushuncha, turg`un bog`lanma bo‘lganda bitta lug`aviy ma’no anglatadi. Blits-savollar 1. O‘zbek tilining boyish manbalari. Misollar keltiring 2. Rus tilidan kirib kelgan so‘zlarga misollar ayting. 3. Umumxalq so‘zlar va ularga misol keltiring. 4. Atamalarga misollar keltiring. 5. Kasb hunarga oid so‘zlarga misollar keltiring. 6. Qaysi kutubxonalarga a’zosiz? 8. Qanday gazeta va jurnallarga obuna bo‘lgansiz? 9. Bu gazetaning ruknlarini sanab bering? 11.So‘nggi siyosiy yangiliklarni aytib bering. 12. So‘nggi madaniyat yangiliklarini aytib bering. 13. Siz sevgan yozuvchi kim? Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling