O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’z yugurtirish
Mutolaa - (ar. diqqat bilan o’qish, o’rganish) maslakda ilgarilash, madaniyatimizni kengaytirish, chiroyli va to’g’ri fikrlash, so’zlashish va yozish uchun mutlaqo shart bo’lgan faoliyatdir. Holbuki mutolaa orqali necha asrlarning tuyg’u, fikr va tajribalarini bir necha soat ichiga sig’dirib, singdirib, kitobdagi qarashlar bilan tafakkurimizni boyita olmamiz. Bugun biror bir kasbda ilgarilash va yetuk mutaxassis bo’lish uchun, o’sha kasb bilan bog’liq asarlarning, nashrlarning barchasini o’rganish kerak. Mutolaa ehtiroslarning eng aslidir. Buyuk yozuvchilarning yarim umri o’qish, mutolaa qilish bilan o’tgan. Montensviks : “Yarim soatlik mutolaa har qanday g’am qayg’umni ketkazadi” deydi. Dante esa keksa bir do’stiga “Yaxshi kitoblar o’qing” deya tavsiya bergan. Har kuni 20-30 bet kitob o’qish bilan dunyoqrashimiz qisqa vaqt ichida kengayadi. Axir til boyligi, nutqiy kamolot, asosan yetuk ijodkorlarning shoh asarlarini o’qish bilan yuzaga keladi. O’qitishi zarur bo’lgan narasalar juda ko’p bo’lganligi bois, ular orasidan tanlab olish zarur. Vaqt chegaralangan va qiymatli bo’lgani uchun qanday kitoblarni o’qish kerakligini o’ylashga majburmiz. Katta mehnat evaziga tayyorlangan, mutaxassisilar tahsiniga sazovor bo’lgan, jiddiy kitoblar, tanlangan mavzuimizga doir manba asarlarni o’qish maqsadga muvofiqdir. Oddiy, tijoriy maqsadda chiqarilgan saviyasi past kitoblarga e’tibor qilinmasligi kerak.
Ba’zan yaxshi kitob o’qilar ekan, mavzu chuqurlashgani sababli hohish susayadi. Bunday paytda o’zimizni ozgina majburlashimiz zarur. Olmon shoiri Gyote umrining so’nggi yillarida shunday yozadi “O’qishni o’rganish san’atlar ichida eng qiyinidir. Hayotimning sakson yilini shunga bag’ishladim. SHunda ham o’zimni mamnunman deya olmayman”. Demak, har xil yozuvchi va duch kelgan asarlarni o’qish qarorsizlik va didsizlik alomatidir. O’qiladigan narsalah o’ta ko’pligi sababli, avvalo o’qish sur’ati ustida ishlash va o’ylash kerak. O’qish jarayonida har xil tezlikda o’qish mumkin. Bular: 1. Ko’z yugurtirish: bu eng tez o’qish turi bo’lib kitob ichida izlanilayotgan mavzuning bor-yo’qligini bilish yoki matn rejasi va asosiy jihatlarini chiqarib olish yohud kitobning qiymati va foydalilik darajasini aniqlash uchun qo’llanishi mumkin. 2. Tez o’qish: Sur’at bilan, matnda xatlab ketiladigan o’qish turi bo’lib, quyidagi hollarda qo’llaniladi: tafsilot muhim bo’lmasa, o’zimizga ma’lum bir mavzuda xotirani yangilash yoki anglashilmay qolgan jihatlarni, izlanilayotgan masalaning javobini topishni hohlasak, bu usuldan foydalaniladi. Hikoya, ro’znoma xabarlari yoki yengil o’qiladigan asarlar shu sura’tda o’qiladi. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling