O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
3. Me’yorida o’qish: matn hatlab ketilmasdan o’qilib, mazuni to’la anglash, kerakli mavzuda ma’lumot yig’ish va xulosa chiqarish uchun qo’llaniladi.
4. Sekin o’qish: so’z va iboralar ustida ishlab, fikrlab o’qish, qiyin va tushunarsiz mavzuni o’qishda, yozilgan biror asarga baho berish va tanqid qilishda, mavzuga oid yangi fikr, yechim topishdp qo’llaniladi. O’qish sur’atini kuchaytirish uchun quyidagalarga e’tibor berish kerak: 1. Bo’g’iz va lab harakatlari bo’lmasligi kerak, ovozsiz o’qish tezligi, ovoz chiqarib o’qishdan ikki-uch marta ortiqdir. 2. So’zlar uchun emas fikrlar uchun o’qish kerak. 3. Har xat boshidagi g’oyani anglashga harakat qilish kerak. 4. Diqqat faqat o’qilgan narsani anglashga qaratilishi lozim. 5. Takror o’qishga shoshmaslik kerak, chunki keyingi jumlalar, bizga qorong’u bo’lib qolgan o’rinni ochib berishi mumkin. 6. Yanada tezroq o’qishga, o’z-o’zi bilan musobaqalashishga urinish kerak. Biror kitob o’qilar ekan , undan yaxshiroq foydalanishning ba’zi tavsiya qa qoidalari mavjud. Ular quyidagilar: Kitobni lanch va charchagan miya bilan o’qimaslik kerak. O’qish uchun qulay vvaqtni tanlash kerak, bu ba’zilar uchun ertalab, ba’zilar uchun kechki payt bo’lishi mumkin, ammo ovqatlangandan so’ng kitob o’qilmaydi. Miya mavzu bilan band bo’lishi kerak, har yarim soatda dam olish lozim. Muhim asarlar o’qilayotganda, qo’lda qalam bilan, kerakli iboralar va jumlalar ostiga chizib borish kerak Sahifalar chekkasiga kichik qaydlar yozib borish kerak, asar boshi yoki oxiridagi bo’sh sahifaga o’z shaxsiy mulohazalarimizni ilova qilsak, keyinchalik topish oson bo’ladi. Kitobdagi qiziqarli so’z va iboralarni kartochkaga yozib borish mumkin. Kitobda uchragan yangi so’zning ma’nosini o’rganish, zarurati tug’ilsa lug’atga qarash kerak, shunda so’z boyligimiz ortib boradi. Jadval, grafik, rasm va xaritalar tashlab ketilmasligi kerak, chungki ular xotirada yaxshi qoladi. O’qilgan asar xususida yakuniy hukm chiqarish kerak. So’zlashish qobiliyatini rivojlantirish uchun adabiy asarlarni baland ovozda, talaffuz, urg’u va ma’noga ahamiyat bergan holda dona-dona qilib o’qish tavsiya etiladi. Xulosa qilganda kitob mutolaasidan so’ng, avvalgi bilimlarimizni baholashimiz, o’zimizga o’rnak misollar topishimiz, do’stlariimz bilan bahs-munozara qilishimiz, o’rganganimizni ongimizga chuqur singdirishimiz zarur. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling