O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 2.38 Mb.
bet123/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim uchun o‘quv va ishchi o‘quv rejada 90 soat ajratilgan.


Mustaqil ishlarni baholash tartibi
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ish uchun ajratilgan soatlarni talaba o‘zlashtirish uchun ularga referat yoki mustaqil ish shaklida mavzular taqsimlab beriladi. Mustaqil ta’limning mavzulari talabalar uchun mustaqil o‘zlashtirishlari shart bo‘lgan mavzulardan tashkil topgan. U talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va kengayishiga, o‘qitilayotgan va o‘tilgan mavzularni kengroq va chuqurroq o‘rganishda hamda dunyoqarashini yana ham kengayishiga yordam beradi. Shuningdek, mustaqil ta’limga mo‘ljallangan topshiriqlar seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan. Bundan tashqari talabalar, ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirishlari natijasida ilmiy maqolalar tayyorlashlari mumkin, hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ilmiy ma’ruzalar qilishlari mumkin. Referat, taqdimot, ma’ruzalar kafedra tomonidan belgilab berilgan hajmda bo‘lishi kerak. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
- talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
- masofaviy ta’lim.
Mustaqil ta’limni baholash mezonlari


Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling