O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
INTERNETNING VUJUDGA KELISH TARIXINI BILASIZMI ?
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet Protocol
- 1973 yili
- National Science Foundation (NSF
- World Wide Web ning (WWW
- 1980 yili
- Mosaic grafik brauzerining birinchi Unix-naqli
INTERNETNING VUJUDGA KELISH TARIXINI BILASIZMI ?
Internet, yuborilayotgan xabarlar yo’nalishini dinamik ravishda o’zgartirish yo’li bilan harbiy harakatlar davrida kompyuter tarmoqlariga omon qolish imkonini beruvchi usullarni sinab ko’rish maqsadida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan 1969 yili amalga oshirilgan maxfiy tadqiqot natijasida yuzaga keldi. Eng birinchi bunday tarmoq Kaliforniyadagi uchta tarmoqni Yuta shtatidagi bitta tarmoq bilan Internet-protokol (Internet Protocol yoki qisqacha IP) deb nom berilgan qoidalar to’plami bo’yicha birlashtirgan ARPAnet tarmog’idir. 1972 yili AQSh Mudofaa vazirligiga aloqador universitetlar va tadqiqot tashkilotlariga ushbu tarmoqqa kirish huquqi berilganidan so’ng, u o’z ichiga 50 dan ortiq universitet va tadqiqot tashkilotlarini qamrab olgan butun boshli tarmoqqa aylanib ketdi. 1973 yili ushbu tarmoq Angliya va Norvegiyadagi tarmoqlarni o’z ichiga mujassam etib, xalqaro miqyosga chiqdi. Yana 10 yil o’tgach esa, Internet-protokol mahalliy tarmoqlarni ham, global tarmoqlarni ham qo’llab-quvvatlovchi kommunikatsion protokollar to’plami (TCP/IP – uzatishni boshqarish protokoli (tarmoqlararo protokol)) evaziga kengaytirildi. Shundan so’ng, oradan ko’p vaqt o’tmay superkompyuter markazlarning beshtasini o’zaro bog’lash maqsadida AQShning milliy ilmiy fondi National Science Foundation (NSF) tomonidan NSFnet yaratildi. TCP/IP protokoli joriy etilishi bilan bir vaqtda yangi yaratilgan ushbu tarmoq Internetning “o’zagi” (backbone) sifatida ARPAnet o’rnini egalladi. Internetning ommalashib ketib, ravnaq topishiga, shu jumladan, biznes yuritish muhitiga aylanib qolishiga World Wide Web ning (WWW, Butun jahon o’rgimchak inining) paydo bo’lishi qudratli turtki bo’ldi. Zero ushbu gipermatnlar tizimi Internet tarmog’i bo’ylab sayohat tezligini oshirib, uni intuitiv (ichki his bilan) tushunarli holatga keltirib qo’ydi. Hujjatlarni gipermatn orqali bir-biri bilan bog’lash g’oyasi ilk bor 1960 yili Ted Nelson (Ted Nelson) tomonidan ilgari surildi. Biroq, o’sha davr kompyuter texnologiyalarining holati ushbu g’oyani hayotga tatbiq etish imkonini bermagan edi. Bugungi kunda siz bilan biz WWW ostida idrok etadigan tushunchalar asosini 1980 yili Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee) tomonidan Evropadagi elementar zarralar fizikasi laboratoriyada (European Laboratary for Particle Pќysics, Evropa yadroviy tadqiqotlar markazida) gipermatnlar tizimini yaratish bo’yicha olib borilgan ishlar jarayonida yaratildi. Natijada 1990 yili ilm ahli e’tiboriga giperishoralar (ќyperlinks) bilan o’zaro bog’langan matnli onlayn fayllarni ko’rib chiqish imkonini beruvchi eng birinchi matnli brauzer (browser) havola etildi. 1991 yili ushbu brauzerdan foydalanish huquqi keng ommaga ham berildi, biroq uning ilmiy doiralardan tashqariga chiqish sur’ati past kechdi. Internet rivojining yangi bosqichi 1993 yilda, AQShning NCSA, National Center for Supercomputing Applications – superkompyuterlarga oid ilovalar milliy markazida 1992 yili amaliyotdan o’tayotgan talaba Mark Andresen (Marc Andreessen) tomonidan ishlab chiqilgan Mosaic grafik brauzerining birinchi Unix-naqli paydo bo’lishidan boshlandi. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling