Mavzu: Ogohiy ijodida Navoiy an’analari
Download 76.97 Kb.
|
17-mavzu . Ogohiy ijodida Navoiy an\'analari
Mavzu: Ogohiy ijodida Navoiy an’analari.Chiston Ogahiy she’riy merosining tarkibiy qismi sifatida atroflicha ilmiy tadqiq etishni talab qiladi. Shoir chistonlari bu janr rivojining yangi bir bosqichi hisoblanadi.Chiston Ogahiy she’riy merosining tarkibiy qismi sifatida atroflicha ilmiy tadqiq etishni talab qiladi. Shoir chistonlari bu janr rivojining yangi bir bosqichi hisoblanadi.Chiston lug‘aviy jihatdan forscha “chist on?” (“u nimadir?”) bo‘lib, adabiy terminologiyada topishmoq she’rga aytiladi. Bu she’r nav’i o‘tmish badiiyot ilmida lug‘z, lug‘az, log‘az iboralari bilan yuritilib kelgan. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar XV asrda Navoiy tomonidan yaratilgan. Fors-tojik adabiyotida undan bir necha asr ilgari ham mavjud bo‘lgan hamda lug‘z deb atalgan. Keyinchalik lug‘z va chiston atamalari turkiy va forsiy adabiyotda baravar qo‘llanavergan. Chiston hajmi cheklanmagan.Ogahiy chistonlari barchaga birdek ta’sir ko‘rsata oluvchi she’riy topishmoqlardir. U Alisher Navoiy ijodidan, uning lug‘z-chistonlaridan ta’sirlangan. Ma’lumki, Navoiy o‘zbek tilida o‘nta, fors-tojik tilida to‘qqizta qit’a shaklidagi lug‘z-chistonlar yozgan. Bu chistonlar orasida abjad yo‘li bilan nomi yashiringanlari emas, balki oddiy topqirlik, o‘ylash, fikrlash yo‘li bilan topiluvchi chistonlar mashhur edi. Ogahiyning “Tanga” chistoni Navoiyning shu nomdagi she’riy topishmog‘i ta’sirida bitilgan: U na dilbarkim, tani simin o‘lub, Badr yanglig‘ suratu siymosidur. Xat butub ikki yuzida sarbasar, Ziynat afzoyin ruhi zebosidur.Tuyuq turkiy she’riyatning jozibador janrlaridan hisoblanadi. Ilk tuyuqlar Burhoniddan Ahmad Sivasiy tomonidan yozilgan. O‘zbek mumtoz adabiyotida YUsuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Munis, Rojiy, Ogahiylar ijodida tuyuqning sara namunalari uchraydi.Tuyuq turkiy she’riyatning jozibador janrlaridan hisoblanadi. Ilk tuyuqlar Burhoniddan Ahmad Sivasiy tomonidan yozilgan. O‘zbek mumtoz adabiyotida YUsuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Munis, Rojiy, Ogahiylar ijodida tuyuqning sara namunalari uchraydi.Download 76.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling