Mavzu: Ogohiy ijodida Navoiy an’analari

Ogahiy ham o‘z she’rlarida Atoiy va Lutfiy, Navoiy va Bobur, Mashrab va Munis kabi sohibi kalomlar adabiyot olamiga olib kigan radiflarni qo‘lladi

Download 76.97 Kb.
bet4/4
Sana28.03.2023
Hajmi76.97 Kb.
#1302132
1   2   3   4
Bog'liq
17-mavzu . Ogohiy ijodida Navoiy an\'analari

Ogahiy ham o‘z she’rlarida Atoiy va Lutfiy, Navoiy va Bobur, Mashrab va Munis kabi sohibi kalomlar adabiyot olamiga olib kigan radiflarni qo‘lladi.

Adabiyotimizga u yoki bu ijodkor tomonidan olib kirilgan mazmundor va latif radiflardan foydalanishning ikki usulu mavjud bo‘lib, ularning birinchisi radifningina emas, qofiyani ham saqlagan holda yangi asarlar yaratish bo‘lsa, ikkinchisi radifni saqlagan holda qofiyani o‘zgartirishdir.

Mumtoz she’riyatimiz badiiy mezonlaridan birini ijodkorning qofiya ustida ishlash mahorati tashkil qilishi adabiyot muhlislariga ma’lum. Zero, qofiya badiiy shaklning muhim juzvi sifatida she’riy asar joziba-yu nafosatini ro‘yobga chiqaradi. Mazmundor qofiya va radiflar asarda ifodalanayotgan xilma-xil ijtimoiy-axloqiy g‘oyalarni eng muhim, teran ma’noli va serjilo so‘zlar hamda so‘z birikmalari vositasida o‘quvchi ongidan mustahkam o‘rin olishiga xizmat qiladi. Ayni vaqtda yoqimli ohang yaratib, asarning musiqiyligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham buyuk ijodkorlarimiz hamisha qofiya va radif ustida ishlashga alohida mas’uliyat bilan qarab kelganlar. Asrlar davomida eng purmazmun va serjilo qofiya hamda radiflar yaratishning nodir usullari kashf etilgan. Muhammadrizo Ogahiy ana shu an’analarning izchil davomchisi sifatida maydonga chiqdi va qofiya hamda radif sohasida ham kashfiyotchi sifatida tanildi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling