Mavzu: Ogohiy ijodida Navoiy an’analari
Download 76.97 Kb.
|
17-mavzu . Ogohiy ijodida Navoiy an\'analari
Alisher Navoiy, Bobur o‘z asarlarida tuyuq tarixi, janr xususiyatlari haqida ma’lumot berganlar.SHuningdek, rus sharqshunosligida A.N.Samoylovich, T.I.Melioranskiy, turk olimi F.Kupruluzoda, keyinchalik E.E.Bertels, I.V.Stebleva, Hodi Zarif, N.Mallaev, M.Hamroev, B.Valixo‘jaev, R.Orzibekov va boshqalar o‘z ilmiy asarlarida tuyuq haqida to‘xtalganlar. Ayniqsa, adabiyotshunos R.Orzibekovning “Lirikada kichik janrlar” kitobida tuyuq haqida batafsil ma’lumot berilgan.Hajm jihatidan xalq og‘zaki ijodidagi to‘rtliklarni va ruboiy she’rlarni eslatuvchi, kuyga solib aytiladigan, qofiyalari ko‘proq hamjins, hamshakl so‘zlardan tuziladigan, aruzning ramali musaddasi maqsur vaznida yoziladigan she’r turini tuyuq deb ataganlar.Alisher Navoiy fikrlariga tayanib, tuyuq mafhumi xalq tomonidan qo‘shiqlarning to‘rtlik turiga berilgan bir nom sifatida paydo bo‘lganligini va yozma adabiyotda ham o‘z nomini saqlab qolganligini taxmin qilish mumkin. Shuningdek, adabiyotshunos olimlar tuyuqning to‘rt misradan iborat, mustaqil va to‘liq ma’noga ega bir butun asar ekanligini, a-a-a-a, a-a-b-a shaklda qofiyalanishini ta’kidlaydilar. Biroq adabiyotshunoslikda ramali musaddasi maqsur vaznida yozilgan ruboiy-tuyuq, tajnissiz tuyuq, qit’a- tuyuqlar ham bor ekanligi qayd etiladi.Turkiy she’riyat tuyuqnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning ham o‘z o‘rni bor. Uning 10 ta tuyuq yozgani ma’lum. Ogahiy tuyuqlari, ularning ba’zilari xususida adabiyotshunos olimlar R.Majidiy, S.Dolimov, R.Orzibekov, F.G‘anixo‘jaev, A.Abdug‘afurov va boshqalar to‘xtalganlar. Adabiyotshunos R.Majidiy “Ogahiy lirikasi” kitobida shoirning “Bo‘ldi chun umring kunining vaqti tush”, “Dardi zahri soldi chinlar qoshima”, “G‘am yuki to qomatim yo qilmadi” deb boshlanuvchi tuyuqlarini tahlil qilgan. R.Orzibekov Ogahiy tuyuqlariga yaxshi baho beradi: “Ogahiy yaratgan tajnisli to‘rtliklar, tuyuqlar ham o‘z xususiyatlariga ko‘ra diqqatangez asarlardir.Turkiy she’riyat tuyuqnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning ham o‘z o‘rni bor. Uning 10 ta tuyuq yozgani ma’lum. Ogahiy tuyuqlari, ularning ba’zilari xususida adabiyotshunos olimlar R.Majidiy, S.Dolimov, R.Orzibekov, F.G‘anixo‘jaev, A.Abdug‘afurov va boshqalar to‘xtalganlar. Adabiyotshunos R.Majidiy “Ogahiy lirikasi” kitobida shoirning “Bo‘ldi chun umring kunining vaqti tush”, “Dardi zahri soldi chinlar qoshima”, “G‘am yuki to qomatim yo qilmadi” deb boshlanuvchi tuyuqlarini tahlil qilgan. R.Orzibekov Ogahiy tuyuqlariga yaxshi baho beradi: “Ogahiy yaratgan tajnisli to‘rtliklar, tuyuqlar ham o‘z xususiyatlariga ko‘ra diqqatangez asarlardir.Download 76.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling