Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, ustoz adabiyotshunoslar Ogahiy tuyuqlariga katta baho berganlar va ulardan to‘rttasining to‘laqonli tahlilini keltirishgan. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, ustoz adabiyotshunoslar Ogahiy tuyuqlariga katta baho berganlar va ulardan to‘rttasining to‘laqonli tahlilini keltirishgan. Ogahiy tuyuqlaridan 9 tasi a-a-b-a shaklida qofiyalangan. Ularning barchasida 1, 2, 4-misralarda tajnis so‘zlar mahorat bilan keltirilgan. 1ta tuyuq 6 misradan iborat bo‘lib, a-a, b-a, v-a tarzida qofiyalangan. Ushbu tuyuqni qit’a-tuyuq deyish o‘rinlidir. O‘zbek mumtoz adabiyotida qit’a-tuyuqlar ham ko‘p yaratilgan.Ayniqsa, bunday tuyuqlarni Navoiy devonlarida, Ogahiyning amakisi hamda ustozi Shermuhammad Munis ijodida uchratamiz. Qit’a-tuyuq haqida R.Orzibekov shunday ma’lumot beradi: ”Tajnisli tuyuqlarning uchinchi xili qit’a-tuyuqlardir. Qit’a- tuyuqlarda juft misralarda tajnis so‘zlar qofiya sifatida ishlatiladi. U shu xususiyatlariga ko‘ra tuyuqqa ham, qit’aga ham o‘xshaydi. Shuning uchun u qit’a-tuyuq yoki tajnisli qit’a atamalari bilan ataladi. Bunday qit’alar baytlar miqdori jihatidan ham tuyuqlarga teng bo‘ladi”. Demak tuyuq-qit’alar ham aslida 4 misrali bo‘lishi lozimligini e’tiborga olsak, haqiqatdan ham Ogahiyning olti misrali tuyug‘ini A.Abdug‘afurov ta’biri bilan aytganda “shoir ixtirosi” deyish maqsadga muvofiqdir”. Ogahiyning olti misrali tuyug‘i quyidagicha: Agar ishq ichra tushsa boshim uzra g‘am yuki yuz, man. Uyurmasman oni chekmakda aslo yolqibon yuz man. Rizoyi yor ila yuz yil balo to‘fonida qolsam, CHiqoy deb amnu-rohat sohilig‘a bir nafas yuz man. Mumtoz she’riyatimiz an’analariga ko‘ra, har qaysi ijodkor o‘z salaflari va zamondosh ustozlari qo‘llagan eng muqbul radiflardan keng foydalanganlar. Bu jarayonda an’anaviy radiflarning yangi imkoniyatlarini kashf etishga harakat qilganlar. Mumtoz she’riyatimiz an’analariga ko‘ra, har qaysi ijodkor o‘z salaflari va zamondosh ustozlari qo‘llagan eng muqbul radiflardan keng foydalanganlar. Bu jarayonda an’anaviy radiflarning yangi imkoniyatlarini kashf etishga harakat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |