O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


-topshiriq. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, yana qaysi holatlar inson salomatligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikringizni yozma bayon eting


Download 2.38 Mb.
bet60/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

2-topshiriq. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, yana qaysi holatlar inson salomatligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikringizni yozma bayon eting.


3-topshiriq. Suratda ko‘rsatilgan tana a’zolarini o‘zbek tiliga tarjima qiling.


Bilasizmi...
Odam tanasida 80 grammga yaqin temir, 150 gramm natriy, 1000 gramm kalsiy, 60 gramm magniy, 65 foiz, ya’ni umumiy og‘irlikning 45 kg. miqdorida kislorod, 10 foiz – 7 kg. miqdorda vodorod, 0,02 foiz ftor bo‘ladi.
Inson o‘rtacha 70 yil umr ko‘rsa, shundan 23 yilini uxlash, 13 yilini kishilar bilan so‘zlashish va 6 yilini ovqatlanish uchun sarf qilar ekan.
Bir kishi o‘rtacha iqlim sharoitida yil davomida bir tonnaga yaqin suv iste’mol qiladi.
20-MAVZU. HUQUQIY MADANIYAT
REJA:

  • Matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.

  • “Qonunlarni o‘rganish va ularga rioya qilish” mavzusida matn tuzish.

  • Rasmiy-idoraviy uslub va uning xususiyatlari.



1-topshiriq. Matnni o‘qing, termin va iboralarning ma’nosini izohlang. Matndagi asosiy fikrni so‘zlab bering
HUQUQIY MADANIYAT
Huquqiy madaniyat- umumiy madaniyatning muhim qismi bo‘lib, quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
1. Davlat tomonidan xalq va jamoat birlashmalari nuqtayi nazarlarini ham ifodalovchi huquqiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi. Bu siyosat davrning ruhini huquqda ifodalashi lozim. Masalan, mustaqillik va bozor munosabatlari bilan bog‘liq masalalar va vazifalar huquqiy siyosatdagi bosh yo‘nalishlardandir.
2. Yuksak darajada rivojlangan yuridik fanlarning bir qismi bo‘lib, u davlat va huquqiy madaniyatning muhim qismidir.
3. Keng va faol huquqiy ong huquqiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, u davlat va huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkura jiddiy o‘rin tutadi.
4. Huquqiy madaniyat - bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egalab olganlik darajasidir.
5. Ilgari erishilgan va to‘plangan barcha huquqiy tajriba, huquqiy yodgorliklar va ularning ommaga tarqatilishi huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
6. Amaldagi me‘yoriy huquqiy hujjatlar: Konstitusiya, qonunlar, kodekslar, farmonlar, qarorlar va boshqa huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
7. Huquq ijodkorligi madaniyati, huquq me’yorlarini yaratish masalasi, yuridik texnika darajasi, masalan, deputatlar va apparat xizmatchilarining huquqqa yondashuvi qanchalik yuqori va xolisona bo‘lsa, huquqiy madaniyat ham shunchalik yuksak bo‘ladi.
8. Huquqni amalga oshirish ishlarining tashkil etilishi qanchalik yuqori bo‘lsa, u huquqiy madaniyatga ham o‘z ijodiy ta'sirini ko‘rsatadi va aksincha.
9. Huquqiy madaniyatning yana bir qismi - huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning huquq me'yorlari talablari darajasida hamda doirasida o‘z huquqi, burchlarini bajarishi, ularni anglab olishidir.
10. Mamlakatning davlat va jamiyat hayotidagi qonunchilik darajasi, hammaning qonun va sud oldida tengligi huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir.
Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarni tayyorlab borish; barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, maktab, litsey va kollejlarda huquq haqidagi bilimlarni o‘rgatish-o‘rnanish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televideniye , vaqtli matbuotda huquqiy bilimlarni keng targ‘ib va tashviq qilish:
aholining mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o‘rganishi uchun qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasi ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag‘batlantirish. Xullas, Huquqiy madaniyat inson madaniyatining muhim qismi, uning bilan o‘zaro bog‘liqdir. Huquqiy madaniyat tarixan asta-sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo‘lib, hozirgi davrda rivojlangan huquqiy davlatlarning va ular fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylandi. Rivojlangan mamlakatlar bu borada sezilarli yutuqlarga erishdilar va ularning har bir fuqarosi har bir masalada qonunlarga suyanib ish olib boradi, o‘z haq va huquqlari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda, ularning darajasi va mavqeidan qat’iy nazar, sud orqali adolatli yechimga erishadi.



Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling