TUSHUNCHALAR TAHLILI
Huquq
|
|
|
Burch
|
|
|
Konstitutsiya
|
|
|
Hujjat tili
|
|
|
Rasmiy uslub
|
|
|
Ixtisoslik leksikasi
|
|
|
2-topshiriq.“Qanday?” sxemasini to‘ldiring.
Talaba-yoshlar o‘z huquq va burchlarini bilishi uchun “Qanday?” chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?
3-topshiriq. Matn qaysi nutq uslubida tuzilganligini aniqlang.
Fuqarolarning asosiy huquq va burchlari
Fuqarolarning asosiy huquqlari - jahondagi rivojlangan, ma’rifatparvar, demokratik davlatlarda xalqlarning huquqiy va haqiqiy tengligini, har bir fuqaroning yerkinligini ta’min yetish bo‘yicha tajribasini o‘rganish natijasida O‘zbekistonda fuqarolarning huquqlari va burchlari aniqlandi. Mustaqil O‘zbekistonning demokratik mohiyati, avvalo, uning xalq manfaatlarini himoya qilishida namoyon bo‘lmoqda. Inson huquqlarini va yerkinliklarini rivojlantirish va takomillashtirish mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining asosiy tamoyilidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida belgilangan huquq, yerkinlik va burchlarning joriy yetilishi, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini davlat tomonidan qo‘riqlanishida o‘z ifodasini topadi va ular uch guruhga bo‘linadi:
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar: mehnat qilish, dam olish, bilim olish, moddiy ta’minot kabi huquqlardan iborat.
Siyosiy huquq va demokratik yerkinliklar: fuqarolarning jamoat birlashmalariga, siyosiy partiyalarga uyushish huquqi, saylash va saylanish huquqi, so‘z va matbuot yerkinligi, majlis va mitinglar, namoyishga chiqish huquqlaridan iborat.
III. Uy-joy daxlsizligi, shaxsiy huquqlar.
Bu huquq va yerkinliklar O‘zbekiston davlatida fuqarolar yerkin rivojlanishining asosiy omilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |