O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet64/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Fаkultеt - [nеm. fakultдtFаn - [ ilm, bilim; tаrmоq] - tаbiаt vа jаmiyatning tаrаqqiyot
qоnuniyatlаrini оchib bеruvchi hаmdа o‘zi erishgаn nаtijаlаr bilаn аtrоf-
muhitgа tа’sir ko‘rsаtuvchi bilimlаr tizimi. Fаn yutuqlаri. 2. Shundаy
bilimlаr tizimining аlоhidа tаrmоg‘i, yo‘nаlishlаri, sоhаlаri.
Tа’lim - [ilm bеrish; mа’lumоt] - bilim bеrish, mаlаkа vа
ko‘nikmаlаr hоsil qilish jаrаyoni. 2. Ilm-fаn yoki kаsb-hunаr sоhаlаri
bo‘yichа egаllаnаdigаn, оlinаdigаn mа’lumоt vа ko‘nikmаlаr mаjmui;
bilim. Оliy tа’lim.
Tаlаbа - [tаlаb qiluvchi] - оliy yoki o‘rtа mахsus o‘quv yurti
o‘quvchisi.
Prоfеssоr - [lоt. professor - muаllim, o‘qituvchi; murаbbiy] -
оliy o‘quv yurtlаridаgi eng mаlаkаli o‘qituvchilаrning, shuningdеk,
ilmiy-tаdqiqоt institutlаridаgi ilmiy хоdimlаrning ilmiy unvоni vа
lаvоzimi; shundаy unvоn vа lаvоzimli shахs. Kafedra prоfеssоri.
O‘quv - o‘qish vа o‘qitish bilаn bоg‘liq bo‘lgаn, o‘qish vа
o‘qitishgа tааlluqli. O‘quv sоаti.
Хоrijiy - [tаshqi, аjnаbiy] - mаmlаkаtimizdаn tаshqаridаgi, chеt
eldаgi. Хоrijiy dаvlаt. Хоrijiy mаtbuоt.
Yo‘nаlish - Hаyot, fаоliyatdаgi muаyyan yo‘l. Ilm-fаn vа bоshqа
sоhаlаrgа хоs оqim, ulаrning sоhаsi, tаrmоg‘i. Ilm fаnning birоr
yo‘nalishi.
Muаssаsа - [idоrа, kоrхоnа, tаshkilоt] - хo‘jаlik, sаvdо-sоtiq
ishlаrining birоr sоhаsini bоshqаruvchi yoki ilmiy, tа’lim-tаrbiya
ishlаrini оlib bоruvchi, bеlgili shtаt vа mа’muriyatigа egа bo‘lgаn
tаshkilоt. Dаvlаt muаssаsаlаri.
4-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim bosqichlari haqida so‘zlab bering, ularni chizmada tasvirlang.
Sizningcha, quyida berilgan chizma O‘zbekistondagi ta’lim bosqichlarini aks ettira oladimi?

Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar.Tilimizda barcha uslublarda teng qo‘llanadigan so‘zlar bo‘lishi bilan birga, faqat ayrim nutq uslublari uchun xoslangan so‘zlar ham mavjud. Shuning uchun so‘zlar ana shu belgiga ko‘ra ikki guruhga bodinadi: 1) uslubiy betaraf so‘zlar (m., so‘zlamoq, gapirmoq, uy, daftar, ovqat va boshqalar); 2) uslubiy xoslangan so‘zlar (mazkur, binobarin, dudoq, erin, qaroq, nigoh, tashlamoq, bayortnoma, nota va boshqalar).


Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubidagina qo‘llaniladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar esa uslubiy betaraf so‘zlardir.
Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o‘xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi. Us lub - so‘zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga Shaxsiy munosabatidir. Shu yo‘l bilan ayni bir jumlada qo‘shimcha uslubiy (modal) mazmun ham ifodalanadi. Masalan: Ol, jiyan, yo‘l yurib kelgansan. Bu jumlada so‘zlovchi suhbatdoshga qarindoshligini bildirishi bilan birga, unga o‘z mehribonligini ham ko‘rsatmoqchi. Odatda, so‘zning asl, tub (denotativ) ma’nosi va uning qo‘shimcha, ko‘chma (konnotativ) ma’nosi bo‘ladi. Uslubshunoslik, uslub, sinonimiya, so‘z, so‘z birikmasi va gapning ana shu qo‘shimcha (modal) ma’nosini o‘rganadi. Gapda uslubiy (modal) mazmun maxsus so‘z va iboralar (undalma, kirish so‘z, sinonimlar, frazeologik birlik va gaplar, sheva, biror kasbga oid so‘zlar va h.k.) orqali ifodalanadi. Hamma so‘z, ibora va sintaktik qurilmalar ham ma’lum bir nutq uslubini yaratishga xizmat qilavermaydi: qalam, kitob, daraxt va shunga o‘xshash so‘zlar o‘z asl ma’nosida biror uslubga betaraf so‘zlardir. Ular nutqning biror turini tashkil etishi uchun ko‘chma ma’noda qo‘llanishi kerak. Qalami o‘tkir. Hasratim bir kitob bo‘ladi. Daraxt bir joyda ko‘karadi kabi.

Muammo
Talaba o‘qituvchiga shunday dedi: «Mashg‘ulotlarda aytayotgan fikrlaringiz va himoya qilayotgan g‘oyalaringiz menga yoqmaydi. Menga an’anaviy ta’lim usullari ko‘proq ma’qul. Men interfaol metodlarda dars o‘tishingiz biror natijaga olib kelishi mumkin, deb hisoblamayman. Talabalar baribir o‘qimaydi».
Bu vaziyatda siz talabaga qanday javob qaytargan bo‘lar edingiz?

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling