O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


MONOLOGIK MATN. MONOLOGIK MATNDA MAZMUN IZCHILLIGI VA OHANG


Download 2.38 Mb.
bet72/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

MONOLOGIK MATN. MONOLOGIK MATNDA MAZMUN IZCHILLIGI VA OHANG.
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi.
Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik.
Tavsifiy(monologik)matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi.
Muammoli vaziyat
O‘qituvchilar xonasida ikki o‘qituvchi suhbatlashayapti:
- Har bir o‘qituvchi notiq bo‘lishi lozim, - dedi birinchi o‘qituvchi. Ikkinchi o‘qituvchi unga e’tiroz bildirdi:
- Kechirasiz, har kim ham notiq bo‘la olmaydi. O‘qituvchi muloqot madaniyatini puxta egallagan bo‘lsa, yetarli.
Savol :
1.Siz qaysi o‘qituvchining fikrini yoqlagan bo‘lardingiz?
2. Madaniyatli o‘qituvchi deganda kimni tushunasiz?
3. Sizning fikringizcha bu suhbat qanday tugashi mumkin?
26-MAVZU. KASBIM TARIXI
Reja:

  • Matnni o‘qib tushunish.

  • “Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi” mavzusida matn tuzish.

  • Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.




Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling