O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
3-topshiriq. Tanlagan ixtisosligingizga oid terminlar isgtirokida 7-8 ta gap tuzing
27-MAVZU. IQTIDOR VA MEHNAT Reja: Matnni o‘qish. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot yozish. Matnga so‘z va atama tanlash Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko‘nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi, lekin shu xususiyatlarning o‘zlari mazkur bilim, ko‘nikma, malakalarga taalluqli bo‘lmaydi. Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashda namoyon bo‘lsa ham, bilimlar va ko‘nikmalarni egallash bilan bog‘lanib qolmaydi. Qobiliyatlar va bilimlar, qobiliyatlar va ko‘nikmalar, qobiliyatlar malakalar aynan bir-biriga o‘xshash emas.Malakalar, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan kishining qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Tuproqqa tashlangan don, ana shu dondan unib chiqishi mumkin bo‘lgan boshoqqa nisbatan atigi imkoniyat bo‘lib hisoblangani singari (lekin urug‘ tuproqning tuzilishi, tarkibi va namligi, ob-havo va boshqalar qulay sharoit yaratsagina unib chiqadi) kishining qobiliyati bu bilimlar va ko‘nikmalarni egallash uchun imkoniyat hisoblanadi, xolos. Bu bilim va ko‘nikmalar egallanadimi yoki egallanmaydimi, imkoniyat haqiqatga aylanadimi yoki yo‘qmi, bularning hammasi ko‘plab sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Shart-sharoitlar jumlasiga, masalan, quyidagilar kiradi: tevarak atrofdagi odamlar (oilada, maktabda, mehnat jamoasida) kishining bu bilim va malakalarni egallab olishdan manfaatdor bo‘ladimi yoki yo‘qmi; unga qanday ta’lim beradilar, ana shu malaka va ko‘nikmalar kerak bo‘ladigan va mustahkamlanadigan mehnat faoliyati qanday tashkil etiladi va hokazo. Intellekt – lotincha so‘z – intellectus – tushunish, bilish va intellectum – aql so‘zlari negizidan paydo bo‘lgan tushuncha bo‘lib, u aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni o‘lchab, o‘zgartirib, rivojlantirib bo‘lmaydi. Bu – intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko‘rsatadi. 2-topshiriq. Quyidagi tayanch so‘z va iboralarning ma’nosini izohlang. Iqtidor, mehnat, malaka, ko’nikma, tajriba, ma’suliyat, shtat birligi, mehnat staji, mehnat daftarchasi. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling