O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


-topshiriq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gap tuzing: Geologiya fani, mineral xomashyo, yer osti boyliklari, metallurgiya zavodi. 3-topshiriq


Download 2.38 Mb.
bet77/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

2-topshiriq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gap tuzing: Geologiya fani, mineral xomashyo, yer osti boyliklari, metallurgiya zavodi.
3-topshiriq. Texnika sohasida faoliyat ko‘rsatgan qaysi o‘zbek olimlarini bilasiz? Ular haqida so‘zlab bering.
4-topshiriq.Yetuk mutaxassis mavzusida FSMU jadvalini to‘ldiring.

fikringizni bayon eting

fikringiz bayoniga biror sabab ko‘rsating

ko‘rsatilgan sababga tushuntiruvchi misol keltiring

Fikringizn iumumlashtiring

F

S


M

U





5-topshiriq:“Sohamiz ravnaqi” mavzusida matn tuzing. Mutaxassisning kasbiy kompetensiyalari ro‘yxatini tuzish va ularni misollar bilan izohlab berish.
Matnni tahrir qilish.
Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar kengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin.
Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda matnni qiyoslash usulida yangi qadam tashlandi. Bunga muharrirning mehnati zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanganligi sabab bo‘ldi. Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir vaqtda displey ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‘ldi.
Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi va qulaylik tug‘diradi.
Biror so‘z yoki biror iboraning ma’nosi haqida fikr bildirishda uning turli muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “pishib yetilmagan” so‘zlarni ikkinchisi, ya’ni maqbul varianti bilan almashtirib yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma’naviy farqlanishini kuzatish zarur.
Muharrir matn bilan tanishar ekan, u haqiqiy mutaxassis, bilimdon sifatida namoyon bo‘lishi kerak.
Tafsilotlarga chuqur va keng qamrovli nazar tashlay olganlargina ishining haqiqiy ustasi sifatida muharrirlikni kasb qilib olgan «hunarmand»lardan farq qiladi. O‘z ishining haqiqiy bilimdonigina arzimasdek tuyulgan g‘ayriodatiy narsada ham katta ma’no ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi. Muharrir mutolaasi ko‘p jihatdan ilmiy mutolaaga o‘xshab ko‘rinadi. Har ikkala o‘qishda ham tushunarsiz bo‘lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib ko‘rish, mazkur mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish shart. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka erishish amrimahol.
Muharrirlik faoliyati andozaviylikni mutlaqo rad etadi. Zero, tuzatishning har qanday matnga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan qolipi yo‘q.
Muharrir tuzatish usulini o‘zi tanlash huquqiga ega,
lekin bu usul to‘g‘ri, asoslangan bo‘lishi lozim, Shuningdek, uni to‘g‘ri qo‘llay bilishi ham kerak.
M usahhih va muharrir o‘qishidagi maqsad alohida, boshqa-boshqadir. Musahhih chop etishga tayyorlangan matnni o‘qish jarayonida uning tahrirdan chiqqan, muallif bilan kelishilgan va tasdiqlangan matniga to‘la mos ekanligiga erishadi. Matnni imloviy, tinish belgilari bilan bog‘liq xatolardan holi qiladi. Ensiklopedik asar matnidagi qisqartmalar va havolalarni bir xildaligi va aniqligini ta’minlaydi. Izohlar matndagi ko‘rsatkichlarga mosligi va hokazolarni to‘g‘riligini tekshiradi, shuningdek, zarur tuzatishlarni amalga oshiradi.
Muharrirning o‘qib tuzatishidan maqsadi matnni sidirg‘a o‘qishdan iborat. Muharrir bu tur o‘qishni amalga oshirganda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi)dagi, shuningdek, uslubiy xatolarni aniqlaydi. O‘qish jarayonida muharrir geografik nomlar, shaxslar ismi va familiyalari, taxalluslari bir xil berilishi, iqtiboslar, raqamlar, sanalar aniq bo‘lishiga e’tibor qaratadi, uzunlik, miqdor o‘lchamlarining o‘rinliligi va to‘g‘riligini tekshiradi. Shuningdek, sarlavhalarning matn bilan uyg‘unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Ayrim hollarda bunday o‘qish tahririyatning malakali va tajribali mutaxassisiga topshiriladi, lekin u materialni tayyorlagan muharrirning zinhor o‘rnini bosa olmaydi. Uning vazifasi matndagi kamchiliklarni aniqlash, ko‘rsatish, tuzatish emas. Ammo, tabiiyki, aniq ko‘rinib turgan punktuatsion, grammatik, imloviy xatoliklar bundan istisno. Shuning uchun bunday o‘quvchining malakasi juda yuqori bo‘lgan taqdirda ham mazkur jarayonda yetakchi muharrir ishtirok etadi va muammolarni hal qiladi.
M atnda qisqartirib tuzatishlarni amalga oshirishdan maqsad, avvalo, matn hajmini kichraytirish va shu yo‘l bilan uni maqbul o‘lchamga keltirish, qolaversa, ortiqchaliklardan holi qilishdir.


Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling