O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari R. N. Rashidova “ ”


O’ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA BAHOLASH


Download 48.23 Kb.
bet3/24
Sana24.03.2023
Hajmi48.23 Kb.
#1294153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil (3)

O’ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA BAHOLASH
Baholash mezonlari
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning yangi sifat bosqichida oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishdan maqsad mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish orqali raqobatbardosh yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlashdan iboratdir. O’quvchilarning bilim darajasi asosan reyting tizimi bo’yicha baholanadi. O’quvchilar bilimini reyting tizimi asosida baholash- o’quvchining butun o’qish jarayoni davomida o’z bilimini oshirishi uchun muntazam ishlashni hamda o’z jiddiy faoliyatini takomillashtirishini rag’batlantirishga qaratilgan. Reyting tizmi mamlakatimizda yuqori malakali mutaxasislar tayyorlashning sifat ko’rsatkichlarining jahon andozalari hamda xalqaro mezonlarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.
“Umumiy ovqatlanish korxonalarida tashkillashtirish va xizmat ko’rsatish” fani bo’yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, fan bo’yicha namunaviy o’quv dastur, ishchi o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu uslubiy ko’rsatma o’qituvchilar tomonidan “Biologiya” fanidan o’quvchilar bilimini baholashda keng foydalanishga tavsiya etilib, ayni paytda o’quvchilar uchun ham mazkur fanni o’zlashtirish jarayonida qancha ballar to’plash mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.“Umumiy ovqatlanish korxonalarida tashkillashtirish va xizmat ko’rsatish” fani bo’yicha o’quvchilar bilimini baholashning reyting tizimiquyidagi vazifalarning bajarilishini ko’zda tutadi:

  1. o’quvchining butun semester davomida bir me’yorda va faol ravishda o’qishini ta’minlash;

  2. semestr mobaynida o’quvchilar bilimi, mahorati, ko’nikmalari, tasavvur va tushunish qobilyatlarini ob’yektiv nazorat qilish imkonini berish;

  3. o’quvchi bilimining sifat ko’rsatkichlarini haqqoniy, aniq va adolatli ballar orqali baholash;

  4. o’quvchilarning o’zlashtirishini doimiy nazoratga olish bilan ularning butun o’quv yili davomida o’z ustida bir me’yorda va faol ravishda ishlashini yo’lga qo’yish;

  5. o’quvchilarning o’quv yili davomidagi davomatini to’liq ta’minlash;

  6. o’quvchilarning mustaqil ishlashga bo’lgan ko’nikmalarini rivojlantirish;

  7. o’quv rejalari asosida “Umumiy ovqatlanish korkxonalarida tashkillashtirish va xizmat ko’rsatish” fanining o’quv dasturlarini va o’quv mashg’ulotlariga oid turli uslubiy qo’llanmalarini takomillashtirish hamda boshqa uslubiy ishlarni o’tkazishni oldindan rejalashtirish;

  8. o’quvchilarda bilim olishga intilish darajasini, o’qituvchilarda esa o’qitish ma’sulyatini oshirish;

  9. o’quvchilarni qo’shimcha axborot manbalaridan samarali foydalanishga yo’naltish va boshqalar.



Download 48.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling