1-misol .(Mustaqil bajarish uchun) Talabalardan 24 savoldan iborat test sinovi o’tkazildi. Ushbu test natijalariga ko’ra talabalar quyidagicha taqsimlanishdi:
To‗g‗ri javoblar soni 10-12 12-14 14-16 16-18 18-20 20-22 22-24
Talabalar soni 2 4 8 12 16 10 3
Tanlanma sonli xarakteristikalarini hisoblang.
2. Noma’lum parametrlarni baholash
1 Statistik baholar va ularning xossalari
Faraz qilaylik, taqsimot funksiyasi noma`lum parametrga bog`liq
bo`lgan t.m. X berilgan bo`lsin. Boshqacha qilib aytganda, kuzatilayotgan
t.m. X ning taqsimot funksiyasi f( x,) bitta parametrli parametrik taqsimot
funksiyalar oilasiga tegishli bo`lsin. Endi tajriba natijasida olingan
ma`lumotlar yordamida noma`lum parametr ni ―tiklash‖, ya`ni ma`lum
ma`noda unga yaqin bo`lgan va tajribalar asosida to`liq tiklanadigan bironbir
miqdorni tuzish masalasini ko`raylik. Θ orqali ning qiymatlari
to‗plamini belgilaymiz.
Faraz qilaylik, (X1 ,… ,Xn ) X t.m.ning xajmi n ga teng bo`lgan
tanlanmasi bo`lsin.
X1 ,… ,Xn kuzatilmalarning ixtiyoriy Tn T( X1,…, Xn) funksiyasi
statistika deyiladi.
Ta`rifdan kelib chiqadiki, statistika faqat kuzatilmalarga bog`liq
bo`lgan tasodifiy miqdor bo`lib, u tajriba natijasida to`liq aniqlanadi.
Agar Tn bo‗lsa, u holda n T statistika noma‘lun parametr uchun
baho deb ataladi.
Ta`rifdan kelib chiqadiki, bitta parametr uchun bir necha statistik
baho taklif qilinishi mumkin. Shuning uchun, statistik baholardan ma`lum
ma`noda ―yaxshi‖ xossalarga ega bo`lishlari talab etiladi. Odatda har
qanday statistik baholarning quyidagi xossalarga ega bo`lishligi maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |