O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev


Download 0.59 Mb.
bet17/81
Sana14.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1006156
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
haj-2021-m1

3.Istiqlol davrida romanchilikning janriy-uslubiy jihatdan takomillashib borishi kuzatildi. Romanchilikda ham shakliy, ham mazmuniy yangilanishlar namoyon bo‘ldi.
Davr romanlari orasida janriy janriy tuzilishiga ko‘ra:

  1. Roman-dilogiya: Omon Muxtorning “Alisher Navoiy va rassom Abulxayr”, Sa’dulla Siyoyevning “Yassaviyning so`nggi safari”.

  2. Roman-trilogiya: Uchqun Nazarovning “Chayon yili”, Omomn Muxtorning “To`rt tomon qibla”, Murod Mansurning “Judolik diyori”

  3. Roman-tetralogiya: “Ulug‘ saltanat” namunalari ham uchraydi.

Zamonaviy romanlarda o‘tmishda ishlab chiqilgan, amal qilingan va haqiqat deb bilingan poetik prinsiplar yangi davr ijtimoiy-tarixiy sharoiti ta’sirida etilgan ehtiyojlar nuqtai nazaridan yoki ta’sirida idrok qilindi, ular adabiy jarayonda yangicha tamoyillarining yuzaga kelishiga zamin yaratdi.
Roman taraqqiyoti – har bir millatning badiiy-estetik tafakkur darajasini belgilaydi. Shu jihatdan, yangi davr davri romanchiligiga ko‘z tashlaganda an’anaviy me’yorlar, yo‘nalishlar doirasida ijod qilingan romanlar doirasiga kiritiladigan romanlar sirasiga Asad Dilmurodning “Mahmud Torobiy”, Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat”, Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar”, Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat”, “Sabo va Samandar” kabi tarixiy romanlari tarix va tarixiy qahramonlarni badiiy tadqiq etsa, Abbos Saidovning “Besh kunlik dunyo”, Omon Muxtorning “Alisher Navoiy va rassom Abulxayr”, Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor”, To‘xtamurod Rustamning “Kapalaklar o‘yini”, Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar”, Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li”, Isajon Sultonning “Boqiy darbadar, “Ozod” kabi romanlari bugungi kun romanchiligimizda e’tiborga molik ijtimoiy-falsafiy va ijtimoiy-psixologik romanlardir.
Milliy istiqlol yozuvchilarimiz uchun keng ijod maydonini hadya etdi. Bugungi ziyoli, ma’rifatparvar yoki ijodkorga endi mafkuraviy va ijtimoiy cheklovlar to‘siq bo‘lolmadi. Ularga o‘z fikrini erkin ifoda etish, istalgan mavzuda muhokama yuritish imkoniyati yuzaga keldi. SHu boisdan yozuvchilarimizda turli-tuman mavzularda qalam tebratish, muammolarni ko‘tarib chiqish, xilma-xil shakliy-uslubiy eksperimentlar qilishga ehtiyoj tug‘ildi. Ijodkorlarimiz yangicha shakllar ustida ishladilar, Sharq va G‘arb adabiyoti tajribalarini mohirlik bilan uyg‘unlashtirgan holda qarashlarini keng epik qamrovda etkazishda keng maydon bo‘lgan romanda ifoda etdilar.
Istiqlol har bir o‘zbek xalqi qatorida ziyolilar, ayniqsa, ijodkorlar uchun keng va erkin ijod maydonini hadya etdi. Shu boisdan ham yozuvchilar yangidan-yangi uslubiy izlanishlar yo‘lidan intildilar. Janr takomili uchun xizmat qiluvchi shakliy-badiiy o‘zgarishlar, poetik kashfiyotlar qilishdan cho‘chimadilar. Natijada badiiy san’atning boshqa tur va janrlari qatori romanda ham jiddiy ahamiyatga molik bo‘lgan, kitobxon va ayni paytda adabiy tanqidchilik diqqatini tortadigan yangilanishlar yuzaga keldi.
Shu boisdan yangi o‘zbek romanlaridagi uslubiy serqirralik, poetik serjilolik, ramziy-falsafiy teranlikni talabalarga chuqurroq etkazish maqsadida davr romanlari yuzasidan e’lon qilingan tahliliy-tanqidiy materiallardagi ma’lumotlar, izohlar, tushuntirishlar orqali etkazishga harakat qilish har jihatdan samara berishi mumkin. Aks holda mazkur masalaga oid murakkab nazariy masalalar hamda tahililiy jarayonlarda talaba-yoshlar ayrim qiyinchiliklarga duch kelishlari, tabiiy.
Hozirgi o‘zbek romanchiligiga doir masalalarni atroflicha tushunish va idrok etishda talabalarga ushbu mavzuga doir e’lon qilingan tanqidiy-tahliliy materiallar bilan tanishtirish ahamiyatga ega. Adabiy manbalarni tanqidiy-tahliliy materiallardagi qarashlarga tayangan holda metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan mashg‘ulotda etkazish talabalarning mavzuga oid bilim, ko‘nikmalarni va malakalarini kengaytirish hamda va mustahkamlashga xizmat qiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling