O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev


III. Zamon va makon uyg‘unligiga asosida ifoda etilgan romanlar


Download 0.59 Mb.
bet16/81
Sana14.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1006156
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
haj-2021-m1

III. Zamon va makon uyg‘unligiga asosida ifoda etilgan romanlar.Shunday xususiyatga ega bo‘lgan romanlar sirasida To‘xtamurod Rustamning “Kapalaklar o‘yini” (2000), Asad Dilmurodning “Fano dashtidagi qush” (2000), “Rang va mehvar” (2012), Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li” (2012), Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” (2011), Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor”, “Donishmand Sizif”, Isajon Sultonning “Ozod” (2011), Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” (2010), Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” (2000), Ulug‘bek Hamdamning “Na’matak” (2013), “Yo‘l” (2005) romanlari mansub bo‘la oladi. Yuqorida nomlari tilga olingan birinchi va ikkinchi tasnifga mansub romanlar namunalariga nisbatan an’anaviy, keyingi uchinchi tasnifga mansublarini esa o‘z-o‘zidan modern romanlar degan tushunchani ham ishlatish mumkin. Ushbu tipdagi asarlarda aniq zamon va muayn bir makonning ifoda etilmasligi, ayrim namunalar syujetining yaxlit tarkibga ega emasligi, yana ba’zilarida kompozitsiyasidagi noan’aviylik, qahramonlar xarakterining diqqatni tortuvchanligi, badiiy g‘oyaning ramzlarga o‘ralganligi, asarda ifoda etilgan falsafaning diqqatga sazovorligi xarakerli belgi-xususiyatlardandir. Q.Yo‘ldoshev bunday asarlar haqida shunday degan: “Adabiy personajga modernistik yondashuv bayon yo‘sinining makon va zamon jihatdan izchilligi va voqealarning xronikal ketma-ketlikda tasvirlanishi shartligi talabiga ham barham berdi. Modern ijodkorlar bayonning ichki va tashqi ritmini bir-biridan ajratib, badiiy hamda birlamchi real zamon o‘rtasidagi farqni o‘zaro yaqinlashtirib bo‘lmaydigan darajada chuqurlashtirib yubordilar. Birlamchi real vaqt bu tarixiy zamondir. Tarix anglamsiz va odamlarga o‘z mavjudlik sirini ochmagani uchun modernchilarning qahramonlari tarixiy zamonda yashamaydilar yoki yashay olmaydilar. Ular ko‘proq o‘tmish va hozir yonma-yon bo‘lgan hamda kelajakdan ajratish mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos shartli xayoliy zamonda hayot kechiradilar. Modernistik asarlarda nimaiki tasvirlangan bo‘lsa, u hamisha sodir bo‘lgan va hech qachon sodir bo‘lmagan; hamma erda yuz bergan va hech qaerda yuz bermagan hodisalardir deyish mumkin”.6
Demakki, modern asarlarda voqelikning noreal makon hamda odamdagi vaqt meyorlariga tushmaydigan aniq zamonda yuz berishi xarakterli. Qolaversa, ana shu makon va zamon tasvirida ham yozuvchining behad yuksak fantaziyasi hamda mahorati namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘zbek romanlarida ajabtovur qo‘rg‘on, mahkama, bino va hokazolarning tasviri va ularning g‘ayritabiiy tarzda paydo bo‘lib, antiqa tarzda asar voqeligidan chiqib keta olishi tasvirini olaylik. Masalan, Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li” romanida mahkama, Asad Dilmurodning “Fano dashtidagi qush” romanida qasr kabilar shular jumlasidandir. Bunday joylar yozuvchining g‘oyaviy maqsadidan kelib chiqqan holda ijtimoiy va shaxsiy muammolar, inson erki va fojiasi hamda noqis muhitda yuzaga kelishi muqarrar bo‘lgan mavhumlik, adolatsizlikka badiiy shakl berish, g‘ayritabiiy tasvirlar orqali muvaqqat asosi bo‘lmagan jamiyatning poydevori bo‘shligini isbotlash, qolaversa, voqelik oqibatini bo‘rttirib ko‘rsatish, ma’noni kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Zamonaviy o‘zbek romanlarini kuzata turib mohiyatan ularda Lotin Amerikasi “sehrli realizm”ining ham, ingliz va amerikalik adiblar ijodida yorqin ko‘zga tashlanuvchi ekzistensializm falsafasi unsurlarini ham, voqelikni barcha ikir-chiqir va maishiy tafsilotlarigacha tasvirlash vazifasini zimmasiga oluvchi naturalistik tasvir uslubi belgilarini ham, insonning bevosita munosabatlarini tashkil etuvchi tashqi harakatlaridan ko‘ra uning ichki olami harakatlarini izchillik bilan tasvirlashga urg‘u beruvchi “ong oqimi” tasvir usullarini ham, o‘tmish adabiyotda mavjud an’analarni isloh qilish harakatida bo‘lgan modernistik uslub namoyandalari urinishlarini ham, adabiy olamda tubdan yangilanish bosqichini olib kirishga urinish uchun muttasil izlanishlar natijasini namoyon etuvchi postmodernizm unsurlarini ham uchratishimiz mumkin. Boshqacha aytganda, romanchiligimizda o‘zbek va jahon adabiy harakatchiligida mavjud oqimlarning ham sintez qilingan holda olib kirishga urinish holatlari kuzatildi.
Bugungi davr romanchiligida Asad Dilmurodning “Fano dashtidagi qush”, Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar”, “Rang va mehvar”, To‘xtamurod Rustamning “Kapalaklar o‘yini”, Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor”, “Donishmand Sizif”, Ne’mat Arslonning “Mavhumot”, Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li” kabi romanlari, Ulug‘bek Hamdamning “Yo‘l”, Omon Muxtorning bir qator romanlarini modern uslublarda, ya’ni G‘arb adabiyoti ta’sirida yaratilgan asarlar sirasida ko‘rsatish mumkin.
2. Yangi davr romanlarida turli adabiy oqimlarga xos xususiyatlarning sintezlashuvi jarayoni kuzatildi. G‘arb adabiyoti misolida izohlab kelingan ekzistensializm, freydizm, sentimentalizm, postmodernizm kabi oqim va yo‘nalishlarning xususiyatlarini bugungi kunda o‘zbek adabiyoti namunalari orqali ham kuzatish, tahlil qilish imkoni paydo bo‘ldi. Masalan, yozuvchi Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romani to‘g‘risidaadabiyotshunos D.Quronov shunday yozadi: “Isajonning bitigi an’anaviy yo‘lda yozilmagani aqlga tayin, lekin uni modernizm yo postmodernizmga taalluqli etishgada qiynaladi kishi. Modernistik asar deyin desa, unda ham turfa uslublar – ko‘hna diniy rivoyatlardan tortib hozirgi “internet tili”gacha, ham turfa janrlar – qadim diniy didaktikadan tortib urfdagi “boevik”kacha... quroq-qorishiq birbutunlik kasb etayotibdi. Hay, postmodernistik asar deb qo‘ya qolay desa, muallif olamu odam haqidagi o‘y-tashvishlarini ifoda etmoq uchun badiiy model – postmodernistlar inkor qilgan metarivoyat yaratib qo‘yibdi”. 7
Jumladan, yozuvchi Isajon Sulton qalamiga mansub “Boqiy darbadar”, “Ozod”, Ulug‘bek Hamdam qalamiga mansub “Yo‘l” Xurshid Do‘stmuhammad ijodi mahhmsuli bo‘lgan “Donishmand Sizif” kabi romanlar misolida aytish mumkinki, ularda ma’lumb bir izchillikda berilgan voqea emas, balki fikr aytish, kitobxonni o‘ylashga, tafakkur qilishga undash hamda shuning orqali axloqiy-ta’limiy va umumbashariy g‘oyalarni ilgari surishga intilish ruhi ustuvor.
O‘zbek adabiyotida modern uslublarda yaratilgan namunalar, jumladan, romanlar to‘g‘risida ham juda ko‘plab bahsu munozaralar yuzaga kelgan. To‘g‘ri, “modern” tushunchasi, yangi, zamonaviy uslublarda ijod qilishga urinish ma’nosida izohlash mumkin. Shuningdek, modern asarlar garchi an’anaviy realizm chiziqlaridan chekinishni anglatsa-da, ularga nisbatan mavjud an’analardan to‘la ma’noda chetga chiqish asosida yuzaga kelgan harakat deb qarash kerak emas. “Modernistik adabiyot va san’atning barcha yo‘nalishlarda yaratilgan asarlarda unga qadar qo‘llanib kelingan an’anaviy badiiy vosita va usullar yo butunlay inkor qilinadi, yoxud ulardan tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirilgan holda foydalaniladi”.8Modern asarlarni ham chuqurroq kuzatib tahliil qilinganda ularda ham o‘tmish adabiy-tarixiy va jahon adabiyoti yutuqlarining o‘ziga xos tarzdagi badiiy sintezini kuzatamiz. Hozirgi modern tipidagi roman asarlarda zamon, makon, badiiy obraz, til va poetik xususiyatlar borasida yangicha xususiyatlari ko‘rinadi. Modern tipida yaratilgan asarlarning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni ko‘proq G‘arb adabiy-badiiy manbalar sirasidan izlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Qolaversa, modernistik uslublarda yaratilgan romanlarimizda ko‘ringan uslubiy o‘zgarishlar, yangilanishlarni kuzata turib ularning ko‘plariga xos ijodiy kashfiyotlarning ildizlari o‘zimizning o‘tmish davr adabiyotimizda yaratilgan durdona asarlarimizda ham mavjudligiga amin bo‘lamiz.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling