O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev


I. Tarixiy mavzudagi romanlar


Download 0.59 Mb.
bet14/81
Sana14.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1006156
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
haj-2021-m1

I. Tarixiy mavzudagi romanlar. Ularni roman syujetida qaysi davr tarixi aks etganligiga ko‘ra ham ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi:
1. Yurtimizning uzoq tarixi aks ettirilgan romanlar. Bularga hozirgi o‘zbek romanchiligi namunlaridan Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi (2010 y.), Omon Muxtorning “Alisher Navoiy va rassom Abulxayr” (2001), SHahodat Isaxonovaning “Bibixonim” (2011), To‘lqin Hayitning “Vafo malikasi”, Risolat Haydarovaning "Javzo” (2007), Pahlavon Mahmud (Asad Dilmurod “Pahmlavon Mahmud” (2006), Sa’dulla Siyoyevning “Yassaviyning so`nggi safari” kabi asarlari mansub bo‘la oladi.
Hozirgi tarixiy romanlarda yurtimiz o‘tmishiga oid haqiqatlar, moziyning yashirin qatlarida qolib ketgan yoki mafkuraviy ta’sirlar oqibatida shaxsiga biryoqlama yondashib kelinayotgan iste’dod sohiblari bo‘lgan ajdodlarimiz merosiga xolisona munosabat namoyon bo‘ldi. Natijada adabiyotimiz sahifalarida Amir Temur va temuriylar (Muhammad Ali “Ulug‘ saltanat”, To‘lqin Hayit “Vafo malikasi”,Shahodat Isaxonova “Bibixonim”, Risolat Haydarova “Javzo”, Poyon Ravshanov “Amir Temur sullolasi”), Mahmud Tarobiy (Asad Dilmurod “Mahmud Tarobiy”), Ahmad Yassaviy (Sa’dulla Siyoev “YAssaviyning so‘nggi safari”), Alisher Navoiy (Omon Muxtor “Navoiy va rassom Abulxayr”) kabi tarixiy siymolar obrazlari yaritildi, ular to‘g‘risidagi tarixiy haqiqatlar badiiy haqiqatga aylantirildi,ular hayoti va ijodiy faoliyati atrofidakechgan voqealar misolida xalqimiz o‘tmishining eng muhim va diqqatga sazovor, zalvorli manzaralari yorqin aks etdi, ular faoliyatiga oid ibratli qirralar yoritildi.
Bugungi davr tarixiy romanlarida ham o‘tmish davrlaridagi singari buyuk shaxslarning tarix sahnasidagi roli, ajdodlarimiz hayotida nechog‘li ahamiyat kasb etganligi masalasini badiiy aks ettirish an’anasi davom ettirildi. Tarixiy shaxslarning el-yurt manfaatini ustun bilish hamda hamisha adolat va haqiqat yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishga intilishlari, ma’naviy barkamol inson sifatidagi fazilatlarini ulug‘lashga qaratilgan syujet yo‘nalishini tanlashga intilish kuchaydi. Buyuk tarixiy ajdodlarimizning o‘z manfaati, o‘z shaxsiy istak va mayllari, ko‘ngil oromini xalq farovonligi, tinchligi, mamlakat ishlari uchun qurbon qilishdan o‘zini cheklamaganligi bilan bog‘liq tasvirlarga urg‘u berish, ularning fidoyiligini ulug‘lash ruhi seziladi.
Hozirgi tarixiy asarlarimizda tarix va zamon uyg‘unligiga erishish, boshqacha aytganda tarixning o‘chmas sahifalari tasviri yozuvchiga o‘z davri ijtimoiy voqeligini baholash, yuksak va dolzarb muammolar yuzasidan xulosalarini, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini, taraqqiyparvar qarashlari, estetik idealini yuzaga chiqarishda vosita bo‘lgan holatlar ham mavjud. Masalan, “O‘tkan kunlar” romanida tarix tasviriga adib Abdulla Qodiriy o‘zining ijtimoiy, ma’rifiy, siyosiy qarashlarini ham singdirib yuborishga erishgan. YAngi davrda yaratilgan ko‘pchilik tarixiy asarlarimizda ham tarix va yangi zamon mafkuraviy g‘oyalari sintezini kuzatishimiz mumkin. Bugungi kunimizda yaratilgan tarixiy asarlarda ham ana shu an’ana mavjud.Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar tarixi tasviriga bag‘ishlangan romanlarimizda o‘zbek davlatchiligining shakllanishi, buyuk tarixiy shaxslarning e’tiqod va qarashlari, ularning vatanparvarlik va mustaqillik uchun kurashlari, siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi islohotchilik harakatlari, yuksak axloqiy fazilatlari o‘z ifodasini topgan. Tarixiy asarlarimizda ko‘tarinki ruh va yuqori darajadagi pafos bilan tasvirlangan o‘tmish ajdodlarimizning shonli va ibratli kechmishi bugungi kun uchun ham saboq va o‘rnak vazifasini o‘taydi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling