3. FSMU texnologiyasi
Bunda auditoriyadagi talabalar uch guruhga ajratiladi va uchala guruhga uch xil topshiriq sifatida “Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilingan maqolalar matnidan parchalar topshiriladi.
«FSMU» metodi. Islomjon YOqubovning “G‘alvir suvdan ko‘tarilganda” maqolasida 2011 yilda yaratilgan romanlarni tahlil etar ekan, ulardagi uch jihatni alohida ajratib ko‘rsatadi:
“Romannavislarimiz o‘tmishga nazar tashlash asnosida, qadimda Vatanimiz sarhadlarida paydo bo‘lgan davlatlarning rivojlanishi va tanazzuli sabablarini poetik idrok qilishmoqda” .
“... yigirmanchi asrda jamiyat hayotida kechgan jarayonlarni ma’naviy-axloqiy muammolar bilan bog‘lab talqin qilishga intilish kuzatiladi”.
Bugun roman janrida qalam tebratayotgan adiblar o‘tgan asrda milliy romanchiligimiz ko‘p e’tibor qaratgan insonning ijtimoiy mohiyatiga o‘zgacha rakurslardan yondashishmoqda.
Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.
Taqdimot:
1-guruhning taxminiy javoblari:
F – ushbu qarash 2011 yilda yaratilgan tarixiy romanlar haqidadir.
S – tarixiy romanlarda o‘tmishda yurtimiz tarixining taraqqiyot va tanazzul voqelari haqida bayon etilgan
M – Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich”, SHaxodat Isaxonovaning “Bibixonim”, Risolat Haydarovaning “Javzo”, G‘ulom Karimiyning “Narshax qal’asi”
U – chindan mazkur davrda yaratilgan tarixiy romanlarda Temur va temuriylar davri, shuningdek, tarixning eng dolg‘ali davrlari to‘g‘risida badiiy hikoya qiluvchi asarlar yaratilgan.
2-guruhning taxminiy javoblari:
Demak, uchala guruh o‘ziga taqdim etilgan ana shu uch fikrni maqola matni asosida isbotlab berishga harakat qiladi.
Bu esa fanni o‘rganishga nisbatan innovatsion yondoshuvni shakllantiradi.
F – ushbu qarash 2011 yilda yaratilgan romanlarda yurtimizning yaqin o‘tmishida xalqimiz boshidan kechgan voqealar aks etgan romanlar haqidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |