S – chunki bunday asarlarda jabrdiyda xalq vakillarining fojeiy qismatlari, davr va inson taqdiri masalasi yoritilgan.
M – Erkin A’zamning “SHovqin (“Olis shahar, olis kechmishlar”)”, Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar”, Ilhom Zoirning “Qismat o‘chi”, Qamchibek Kenjaning “Palahmon toshlari” singari romanlari
U – bunday asarlarda shaxs va jamiyat, inson va uning taqdiri hamda taqdir oldidagi inson tutumlari goh realistik goh ramziy, xayoliy yo‘sinlarda ifoda etildi.
3-guruhning taxminiy javoblari:
F – ushbu qarash 2011 yilda yaratilgan romanlarda yurtimizning yaqin o‘tmishida xalqimiz boshidan kechgan voqealar aks etgan romanlar haqidadir.
S – bunda romannavislarimiz inson omiliga turli rakurslardan yonlashishga intilmoqda ekanliklari ko‘rinadi.
M – Ulug‘bek Hamdamning “Sabo va Samandar”, Isajon Sultonning “Ozod”
U – insonni tasvirlashda jahon va milliy adabiyotda mavjud an’analarni sintezlash holatlari seziladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Istiqlol davri o‘zbek tarixiy romanlarining ro‘yxatini tuzing.
Istiqlol davrida yaratilgan tarixiy romanlarda yurtimiz tarixining qaysi davri voqeligi aks etganligiga qarab tasnif qiling.
Mustaqillik davri o‘zbek romanchiligida Amir Temur va temuriylar davriga munosabat haqida so‘zlang.
Davr romanlarida tarixiy haqiqatning badiiy talqin etilish yo‘llari haqida so‘z yuriting.
Tarixiy romanlarda tarixiy va to‘qima obrazlarning badiiy olami haqida gapiring.
Istiqlol davrida o‘zbek tarixiy romanchiligi doirasida qanday shakliy-m azmuniy yangilanishlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida fikr yuriting.
“Ulug‘ saltanat” tetralogiyasining o‘zbek tarixiy romanchiligi rivojidashgi o‘rni haqida fikrlashing.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Do'stlaringiz bilan baham: |