O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev
Download 0.59 Mb.
|
haj-2021-m1
Insert jadvali.
Mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yana bir metod sifatida insert metodini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu metod orqali talabalarning qo‘yilgan masalaga doir bilim va malakalari hamda ijodiy yondashuvlari tekshiriladi. Talabalar guruhlarga bo‘linadilar, guruhlar nomlanadi. O‘qituvchi talabalarga adabiy-tanqidiy maqolalardan namuna tavsiya etadi va insert asosida o‘sha maqolalardagi qarashlar tahlili qilinadi. Talabalarga o‘qituvchi tomonidan quyidagi topshiriqlar beriladi: a) matn bilan tanishib chiqing; b) matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing: “V”-tanish ma’lumot. “?”-mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak. “+” bu ma’lumot men uchun yangilik. “– ” bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman So‘ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o‘zaro o‘rtoqlashadilar, guruh bo‘yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O‘qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi. O‘qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o‘quvchilar to‘g‘ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi. Shundan so‘ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida etkaziladi. Adabiyotshunos U.Normatovning yangi davr romanchiligi muammolariga bag‘ishlangan “Badiiyat ko‘zgusida millat taqdiri” (“SHarq yulduzi”, 2011, 3-son 116-121-betlar) nomli maqolasini insert jadvali asosida tahlil etish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Bunda talabalarning faoliyati taxminan quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling