O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev
III. Mustaqil ta’lim uchun o‘quv topshiriqlari
Download 0.59 Mb.
|
haj-2021-m1
III. Mustaqil ta’lim uchun o‘quv topshiriqlari
“Hozirgi adabiy jarayon” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy masalalarni yechishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy va seminar mashg‘ulotlari mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik; seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik; darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish; faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; masofaviy ta’lim. Mustaqil ish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi: “Sharq yulduzi” da 2010-2017 yil sonlarida e’lon qilingan hikoyalar tahlili. “Sharq yulduzi” da 2010-2017 yil sonlarida e’lon qilingan qissalar tahlili. “Sharq yulduzi” da 2010-2017 yil sonlarida e’lon qilingan romanlar tahlili. “Sharq yulduzi” da 2010-2017 yil sonlarida e’lon qilingan dostonlar tahlili. “Sharq yulduzi” da 2010-2017 yil sonlarida e’lon qilingan dramalar tahlili. “Sharq yulduzi” da 2010-2017 yil sonlarida e’lon qilingan she’rlar tahlili. “Yoshlik”da e’lon qilingan nasriy asarlar tahlili (2015-2017 yillar). “Yoshlik”da e’lon qilingan she’riy asarlar tahlili (2015-2017 yillar). “Yoshlik”da e’lon qilingan dostonlar tahlili (2015-2017 yillar). “Yoshlik”da e’lon qilingan dramalar tahlili (2015-2017 yillar). “Kitob dunyosi”da e’lon qilingan ijodkor nosirlar asarlari tahlili (2015-2017 yillar). “Kitob dunyosi”da e’lon qilingan ijodkor shoirlar asarlari tahlili (2015-2017 yillar). Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling