O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 434.34 Kb.
bet25/131
Sana06.10.2023
Hajmi434.34 Kb.
#1694169
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131
Bog'liq
Pedagogika universiteti

3-masala
VII asr oxiri VIII asr boshlarida arablarning Movarounnahrga nisbatan siyosatlarida o’zgarish bo’ldi. Endi ular Movarounnahrni bevosita bosib olishga kirishdilar. Chunki bu davrga kelganda Abd al Malik ibn Marvon boshchiligidagi xalifalikda ichki nizolar tugatilib, tartib o’rnatilgan edi.56At the end of the seventh/beginning of the eighth century, Arab policy towards Central
Asia underwent a fundamental change. The internecine strife among the Arabs subsided
somewhat towards the end of the reign of the caliph cAbd al-Malik b. Marwan (685–705),
and the Umayyads were able to begin the systematic conquest of Transoxania. 704 yilda Qutayba ibn Muslim Xurosonga voliy qilib tayinlanadi. Unga Movarounnahrdan to Xitoy hudud­larigasha bulgan viloyatlarni xalifalikka buysundirish vazifasi yuklanadi. Bu, shubhasiz, jiddiy va nihoyatda o’g’ir vazifa edi. Harbiy yurishni Qutayba 705 yilda Balx viloyati atroflarini zabt etishdan boshlaydi. Shu vaziyatda Chag’oniyon hukmdori Chag’on xudot Qutaybani Axarun va Shuman hududlariga qarshi kurashga taklif qiladi va natijada Chag’oniyon arablar tomonidan egallanadi.57the Chagan khud¯ at¯(ruler of Chaganiyan) invited Qutaiba into his country to participate in a joint struggle against the ruler of the neighbouring territories of Akharun and Shuman. SHunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon yurilishning ikkinshi davri boshlanadi. 707 yilda Qutayba katta qo’shin bilan Amudaryodan o’tib, Buxoro vohasiga bostirib kiradi. Uning bu yurishida balxlik sotqin dehqon va shag’onxudotlarning harbiy kush­lari ishtirok etadi. Dastavval, u Movarounnahrning Sa­marqand va Buxoro kabi eng qadimiy va obod shaharlaridan biri Poykandni qamal qiladi. SHahar aholisining ak­sariyati shet ellarga qatnaydigan savdogarlardan edi. SHu sababli yozma manbalarda bu shahar "Madina at-tujjor", ya’ni "savdogarlar shahri", ba’zan esa, qal’asining mus­tahkamligi tufayli "jez shahar" deb tarif etilardi. Bu vaqtda shaharlik erkaklarning aksariyati o’zga yurtlarda tijoratda edilar. SHaharda qoldirilgan harbiy qismga bir ko’zi ojiz turk sarhangi askarboshi edi. So’g’d va boshqa viloyatlardan yordamga kelgan kushlar bilan birgalikda poykandliklar qattiq turib arablarga qarshilik kursa­tadilar. Qamal ellik kun davom etadi. Arablar shahar devori ostidan lahm qazib, unga raxna uradilar va ishkariga bostirib kiradilar. SHahar ishkarisida bulib o’tgan qattiq qirg’indan sung Poykand arablar qo’liga o’tadi. Poy­kandliklar kattagina boj tulab, Qutayba bilan sulh tuzadilar. Qutayba Varqo ibn Nasr Bohiliy ismli o’z qabiladoshini Poykandga amir qilib tayinlaydi va o’zi Buxoro tomon askar tortadi. Biroq Qutayba Poykanddan besh farsax (30 km) uzoqlashmasdanoq shaharliklar qo’zg’alon ko’taradilar. U yurishni to’xtatib, qaytishga maj­bur buladi. Poykand qayta egallanib, qo’lida qurol tutishga qodir barcha erkak zoti qirib tashlanadi. Xotin­ xalaj va yosh bolalar asir olinib, shahar vayron etiladi. Poykand shahridan ikki dona yirik dur, kumushdan yasalgan but va jomlar bilan bir qatorda juda kup qurol-yarog’ hamda harbiy anjomlar o’lja sifatida olinadi. Qutayba askarlari bu qurol-aslahalar bilan yahshigina qurollanib olishadi. Poykand esa uzoq yillar davomida xarobazor bulib yotadi. Poykand fojiasidan keyin beshafqat Qutayba boshliq bu xavfli dushmanga zarba berib, uni daf qilish maqsadida So’g’d podshosi Tarxun, Buxoro xukmdori Xunukxudot va SHopurkon hokimi Vardonxudotlar boshliq katta xarbiy kush xamda qirq mingli lashkar bilan yordamga kelgan turk­lar Torob Ba Romitan oralig’ida tuplanadilar. Ittifoqshilar Qutayba qo’shinini qurshovga oladilar. Uning ahvoli nixoyatda tanglashadi. Undan xalos bulish ushun Qutayba o’ta makkorlik bilan hiyla ishlatadi. Nar­shaxiyning yozishisha, u ittifoqshilar davrasida eng qudratli xisoblangan So’g’d hukmdori Tarxunga yashirin holatda odam yuborib, "Yordamga kelgan turklar sening mulkingga ega bo’lmoqshi, buning ushun arablarning Marvga qaytib ketishini kutib turibdilar. Biz (arablar) xavo issiq vaqtdagina bu еrda tura olamiz, endi havo sovub qoldi va bizning ketish vaqtimiz еtdi. Biz ketgash, turklar bog’i eramdek So’g’dni senga qoldirib Turkistonga qaytmaydilar. Mulk qo’lingdan ketiptiyu, sening xabaring yo’q", degan ig’voni unga еtkazadi. Bunday makkorona ig’vo­dan so’ng Tarxun xavfga tushib, Qutayba bilan kelishadi va unga mol va ikkI ming dirham boj tulab jang may­donidan o’z qo’shinini olib shiqib ketadi. Mana shunday yo’l bilan Qutayba ittifoqshilarni zaiflashtirib, Movarounnaxrning viloyat hokimlari ustidan birin-ketin g’alaba qozona boshlaydi. 708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoro va uning atroflariga bir nesha bor xujumlar qiladi, kupdan-kup qal’alar va obod еrlarni bosib oladi. U Buxoro viloyatiga hokim qilib buxorxudot Turshodani va unga amir qilib o’z yaqinlaridan birini tayinlaydi. Amir Buxorxudot ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshilik qilish, aholidan soliq undirish va uni o’z vaqtida xalifalikka еtkazib berish kabi vazifalarni bajarar edi. Sulh shartnomasiga binoan buxoroliklar har yili xalifalikka ma’lum miqdorda boj tulash, uylarining yarmini arablarga bo’shatib berishga majbur edilar. Narshaxiyning yozishisha, Qutayba Buxoro shahristonini taqsimlab, uning Attorlar darvozasidan to Hisor va Nav, ya’ni yangi darvozalarigasha bo’lgan mahalla va ko’ylarini arablarning rabi’a va mazay qabilalariga, qolganini esa yamanliklarga bo’lib beradi. Qutayba Buxoro shahrining markazida joylashgan otashparastlar ibodat­xonasini jome masjidga aylantirib, sug’diy tili va xatida bitilgan "otashparastlik" asarlarini yo’qotadi. Ibodat qilish ushun masjidga qatnagan mahalliy aholining har biriga ikki dirhamdan pul hadya etib, ularni islom diniga tortishga harakat qiladi. Manbalarda ta’kidlanishisha, ikki dirhamni olish ushun ko’proq kambag’allargina qiziqardilar. Ammo boylar pulga ham qiziqmas, masjidga ham bormas edilar. 710 yilda Qutayba SHuman, Nasaf va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash ushun tayyorgarlik ko’radi. Biroq Xorazmda boshlangan ishki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug’d yurishini keshiktirib, Xorazmga qo’shin tortishga jalb etadi. Xorazm shohi SHag’on ukasi Xurzod boshliq xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711 yilda yordam surab Qutaybaga murojaat qiladi. Garshi dushman qo’li bilan Xurzod tor-mor qilinib, u o’ldirilsa-da, ammo xorazmshoh bundan hesh narsa yutmaydi. Aksinsha, u o’z mustaqilligini yo’qotib, xalifalikning bojdoriga aylanadi. Uning qo’shni esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur buladi. 712 yilda Qutayba arablardan tashqari Buxoro va Xo­razm qo’shinlari bilan Samarqandga qarshi tashlanadi. Bu davrda ixshid Tarxun taxtdan tushirilib, uning o’rniga Gurak (709-738) Sug’dga podsho qilib ko’tarilgan edi. Uning harakati, shubhasiz, So’g’diylarning arablarga qarshi olib borgan kurashi tarixida muhim voqea bo’ldi. SHunki u zamonasining vatanparvar siyosatdon arbobi bo’lib, hukmronligi davrida imkoni borisha arablarga qarshi g’ayrat bilan kurash olib bordi. Gurak Qutaybaga qarshi shiqadi. Kattaqo’rg’on bilan Karmana oralig’ida Arbinjon mavzeida shiddatli jang buladi. Ammo Gurakning kushi ozlik qilib Samarqandga shekinishga majbur bo`ladi.



Download 434.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling