O‘quv jarayonida mediavositalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish mazmuni va uni tashkil etish shakllari


Download 36.38 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi36.38 Kb.
#1409496
  1   2
Bog'liq
Jo\'rayev Avzabek


O‘QUV JARAYONIDA MEDIAVOSITALAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI

Jo‘raev Avazbek Umar o‘g‘li,


Termiz davlat pedagogika instituti
2-kurs magistranti

Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarini og‘zaki, savol-javob, suhbat, doskada, qog‘ozda rasmlar chizish, mashqlarni bajarish (an’anaviy usul) va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Multimedia texnologiyasidan foydalangan jarayonda esa, kompyuterdagi materiallar, taqdimotlar, slaydlar, matnlar, shakllar, o‘yinlar asosida aniqlanadi. Odatdagi usul bo‘yicha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarini baholash bo‘yicha bir nechta ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.


Jumladan, M.Ahmedova boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malaka darajalarini an’anaviy usulda aniqlab, jadvalga tushirishni tavsiya etadi. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim darajalarini aniqlashda test sinovlarida foydalanish 2000-yillardan boshlangan. Jumladan, S.Abdullayeva boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tevarak-atrof, tabiat va matematikadan o‘zlashtirgan elementar bilimlarini aniqlashda test sinovlari qo‘l kelishini ta’kidlagan. Shuningdek, Z.Nasriddinova boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashg‘ulotlar davomida olgan bilimlarini oddiy usulda (kompyuterlarsiz) test savollari orqali aniqlashni taklif etgan. Bu holda topishmoqlar va rasmli kartochkalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Umumta’lim maktablarining ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladigan multimedia texnologiyasining o‘ziga xos baholash mezonlari mavjud va ular quyidagilar bilan harakterlanadi.
Texnik ta’minoti. Test sinovlari bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajalarini aniqlash uchun, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kompyuterlarning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini bilishlari va ulardan foydalana olishlari zaruriy shartlardan biri hisoblanadi.
Unda kompyuter va uning asosiy qurilmalari (chapdan o‘ngga, monitor, klaviatura, tizimli blok va “sichqoncha”) larning ko‘rinishi.
Multimedia texnologiyasidan foydalanib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirgan bilim darajalarini aniqlash ham test shaklida amalga oshiriladi. Buning uchun kompyuterga, dastur bo‘yicha o‘rganiladigan materialga tegishli o‘yinlar, mashqlar, taqdimotlar, yozuvlar, rasmlar, chizmalar va bir necha variantdagi test savollari kiritilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajalari shu test savollari orqali aniqlanadi.
Hozirgi davrda ko‘p umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajalari-yulduz, bayroqcha va shu kabilar bilan belgilanadi. Bunday belgilarni bir nechta kamchiliklari mavjud. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasiga 1 ta yulduzcha qo‘yilsa, u faqat “bildi” yoki “bilmadi”ni anglatadi. 3 ta yulduzcha qo‘yilganda esa, u cho‘zilib ketadi.
Multimedia texnologiyasida maktabga tayyorlov guruhi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajalarini aniqlashda baho tizimidan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularni 1,2,3 raqamlari bilan belgilash maqsadga muvofiq. Ushbu raqamlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga oldindan matematikani o‘rganish jarayonida xotiralarida qolgan raqamlardir. 5 baho tizimda, 5 baho - a’lo bahoni, 4 baho - yaxshi bahoni, 3 baho – qoniqarli, 2 baho – qoniqarsiz bahoni ifodalaydi.
Multimedia texnologiyasidan foydalanib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajalarini aniqlash mezoni quyidagicha: o‘rganiladigan material turi (yo‘nalishi)ga qarab 3 tadan 5 tagacha turli variantdagi dastur yoki (ijro)li o‘yin, taqdimot, slayd, yozuv, rasm, sxema, mashqlar va chizmalar savol tariqasida kompyuterga kiritiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga shularning to‘g‘ridan to‘g‘ri javobini aniqlash topshiriladi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajalari test sinovi yoki kompyuter xotirasiga kiritilgan amaliy topshiriqlarni bajarish orqali aniqlanadi.
Agar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi kompyuterga kiritilgan 3 ta variantdagi topshiriqdan uchala javobni to‘g‘ri topsa, u holda unga a’lo bahoni ifodalaydigan 5 baho qo‘yiladi. Agar 3 ta variantdan 2 tasini to‘g‘ri topsa, u holda yaxshi bahoni ifodalaydigan 4 baho qo‘yiladi. Agar 3 variantdan 1 tasini to‘g‘ri topsa, u holda boshlang‘ich sinf o‘quvchiga 3 baho qo‘yiladi. Agar 3 variantdan birontasini ham to‘g‘ri topa olmasa, u holda nol baho qo‘yiladi. Bunday hollarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bilan qo‘shimcha shug‘ullanib, takror testga qo‘yishi kerak.
Yuqoridagi mezon asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni matematika materiallari bo‘yicha bilish darajasini aniqlashda kompyuterga maxsus dastur tuzib, uning xotirasiga kiritilgan amallarni bajarish talab etiladi. Masalan, ularga quyidagicha topshiriq berish mumkin:
- 2 ta son yig‘indisidan 3 sonini hosil qiling;
- 2 ta son ayirmasidan 3 sonini hosil qiling;
- 2 son yigindisidan 8 sonini hosil qiling.
Ikkinchi toifa misol: kompyuterga mos dastur tuzilib, uning xotirasiga kiritilgan 6 ta kichik chiziqdan uchburchak, to‘rtburchak va ko‘pburchak shakllarini yasang.
Bu holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilar topshiriqlarni qanday bajarishlariga qarab ball qo‘yiladi.
“a” harfini o‘rganish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajalarini aniqlashda kompyuterga quyidagilar kiritilishi mumkin:
- 5-qatorda joylashtirilgan turli harflar to‘plami (shu qatorlarda faqat bitta “a” harfi bo‘ladi);
- 5-qatorda joylashtirilgan hayvonlar nomi yoki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ismlari (shulardan faqat bittasi “a” harfi bilan) boshlangan bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga hayvonlar nomini (yoki boshlang‘ich sinf o‘quvchilar ismini) boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qib beradi);
- kompyuter klaviaturasi yordamida “a” harfini kiriting va monitor ekraniga chiqaring topshirig‘i beriladi.
Ekologik ta’lim berish bo‘yicha kompyuterga quyidagi taqdimotlar (slaydlarni) kiritish mumkin:
- “Toza havo - dardga davo” mavzusi bo‘yicha;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchi maysazorni payhon qilayapti;
- daraxt shoxini sindiryapti;
- gulzor va maysazorni sug‘oryapti va parvarish qilayapti;
- gulzorda gullarni tanasi bilan sug‘orib tashlyapti;
- tevarak-atrofdagi hazonlarni yoqib yuboryapti.
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari - qushlarning do‘sti” mavzusi bo‘yicha:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchi rogatka bilan musichani urib tushiryapti;
- qush inini buzyapti;
- qush (kaptar)larga suv va don beryapti;
- sayroqi qush qafasi ichiga mushukchani kirityapti;
- chumchuq inidan polaponlarni olyapti.
Toliqish ekologiyasi bo‘yicha quyidagilardan qaysi birini 15 daqiqadan ortiq ko‘rish mumkin emasligini aniqlash:
1. Multfilimni;
2. Konsertni;
3. Kompyuterda ishlashni;
4. Televizordagi qo‘g‘irchoq o‘yinini;
5. Badiiy film ko‘rishni.
Kompyuterli o‘yinlar bo‘yicha kompyuterga dasturli, taqdimotli o‘yinlar kiritiladi va internetga joylashtirilgan ashyo (manba) laridan foydalaniladi. Quyida kompyuterli o‘yinlar bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasini aniqlash uchun kompyuterga kiritilgan o‘yinlarda ba’zi birlarini keltiramiz:
1. Shakllarni ustma-ust qo‘yish;
2. Ikki xalqa;
3. Jadvalni to‘ldirish.
Bu holda boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 3 ta o‘yinni birin-ketin to‘g‘ri bajara olsa, unga 5 baho qo‘yiladi. Agar 2 tasini to‘g‘ri bajarsa 4 baho, agar 1 ta vazifani to‘g‘ri bajarsa 3 baho qo‘yiladi. Agar 3 variantdan birontasini ham to‘g‘ri topa olmasa, u holda nol baho qo‘yiladi.
Boshqa mashg‘ulotlar yo‘nalishlari uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajalarini aniqlash yuqorida keltirilgan mezon asosida bajariladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kompyuterdan foydalanib, mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida ushbu mezonlardan foydalanishlari maqsadga muvofiq. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, multimedia texnologiyasidan foydalanish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajalarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Multimedia texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bilan bog‘liq navbatdagi masala-mashg‘ulotlar bo‘yicha (soni, soati, davomiyligi, hajmi va hakozalar) dastur ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari shu dastur asosida mashg‘ulot o‘tkazadilar.
Shunday qilib, axborot texnologiyalarining mahsuli bo‘lgan multimedia texnologiyasini elementlarini ta’lim sohasiga joriy etish va uni umumta’lim maktablarining ta’lim-tarbiya jarayonida sinovdan o‘tkazish (aprobatsiya) zamonaviy ta’lim texnologiyalarni ishlab chiqishdagi dastlabki qadam hisoblanadi.
Multimedia texnologiyasini ta’lim jarayoniga tatbiq etish asosida, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompyuter savodxonligini shakllantirish, internet va masofali ta’limdan foydalanish, multimedia texnologiyasidan ta’lim-tarbiyada foydalanishning ilmiy asoslari, vositalari, uslibiyoti va manbalari ko‘rib o‘tiladi.
Boshlang‘ich tarbiya pedagogikasi pedagogika fanining muhim sohasi bo‘lib, tarbiyaning yosh bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarini ochib beradi. Shu bilan birga, boshlang‘ich tarbiya pedagogikasi maxsus va yosh pedagogikalari bilan umumiy ilmiy-nazariy asoslarga ega.
Boshlang‘ich ta’lim didaktikasi-umuminsoniy didaktikaning bir sohasi bo‘lib, boshlang‘ich yoshdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilar ta’limi va o‘qitish nazariyasi hisoblanadi, uning maqsadini belgilaydi, boshlang‘ich yoshdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama rivojlantirish va ularni maktabga tayyorlashni ta’minlovchi ta’limning mazmuni, uslublari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish ham, bilish nazariyasiga asoslanadi, jumladan, uning “Jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga va undan amaliyotga” degan qonuni umumta’lim maktablarining kompyuterli ta’lim jarayoniga ham qo‘llash mumkin. Jonli mushohada umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ko‘rsatiladigan didaktik materiallar, harflar, rasmlar, chizmalar kabi vositalarni kiritish mumkin.
Multimedia texnologiyasini umumta’lim maktablarining ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilayotganligiga uncha katta vaqt o‘tmaganligi sababli, hozirgi kunda uning pedagogik-psixologik jihatlari, tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, dialogli ta’lim texnologiyasida kompyuter – texnik vosita sifatida qaraladi, multimediali kompyuter texnologiyasida esa, u ko‘rgazmali vositadan tashqari “ta’lim manbai” sifatida mujassamlanadi, ya’ni o‘rganiladigan material oldindan kompyuter xotirasiga kiritilgan bo‘ladi. Bulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish-yosh boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga turlicha psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Umumta’lim maktablarining esa, yuqoridagi fikrdan o‘laroq, bilish asoslaridan biri bo‘lgan “jonli kuzatish” yosh boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlashlarini rivojlantirishga olib keladi. Masalan, multimediali slaydlarda fanlar turli ranglarda beriladi - biri oq, biri qizil, biri yashil. Yosh boshlang‘ich sinf o‘quvchilari monitor ekranida ularni ko‘rishlari bilanoq - ranglar to‘g‘risida fikr yurita boshlaydilar. Yuqorida bayon etilgan materiallar umumta'lim maktablarining ta’lim-tarbiya jarayonida multimedia texnologiyasini foydalanishdagi dastlabki qadamdir. Ushbu texnologiyaning mazmunini umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yaxshi tushunib olishlari uchun, quyidagi jadvalni keltiramiz .

Download 36.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling