O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya rеja


Download 177.37 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi177.37 Kb.
#1602467
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya



O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya


RЕJA

Kirish


  1. Tabaqalashtirilgan darajadagi texnologiya: individual o’ziga hosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy rivojlanish darajasi, sog’lomlik darajasi va boshqalar.

  2. Individual ta’lim texnologiyasi: ta’lim har bir o’quvchining qobilyatlari bilan bo’liqlikda olib boriladi.

  3. Axborot texnologiyalari: ta’limiy va nazorat qiluvchi dasturlar.

  4. Ta’limning jamoaviy va guruhiy texnologiyasi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Kishi har bir faoliyatni shu faoliyatni bajarish metodikasi haqida oldin o‘zlashtirilgan axborotlar asosida bajaradi. Oldin bilib olingan axborotlarga bevosita tayanmay, tusmol va xatoliklar yo‘li bilan bajarish ta‘lim-tarbiya ishi uchun xarakterli bo‘lolmaydi. Kishining maxorati qandayligi faoliyat xaqidagi axborotlarni o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq, faoliyatga doir axborotlarni ishlata bilish esa ayrim o‘quv elementlari va butun o‘quv predmeti mazmunini o‘zlashtirish sifatiga, ya‘ni xarakatning mo‘ljal asosi (XMA)ni o‘zlashtirish sifatiga bog‘liq. Bunda bilib olingan XMA, yoki aynan o‘zlashtirib olinganidek yoki faoliyatning shart-sharoitiga qarab o‘zgartirilgan holda ishlatirilishi ham mumkin. Bilib olingan axborotlardan foydalanishh usuli bo‘yicha o‘quv faoliyati reproduktiv (esda qolganiga ko‘ra va produktiv (maxsuldor) turlarga ajratiladi. Qo‘yilayotgan vazifalarni (masalalarni) echish uchun dastlabki axborotlardan foydalanishh usuli faoliyatni turlarga ajratishning umumiy prntsipi hisoblanadi. Produktiv faoliyat mahmuldordan oldin kelishi shubhasiz, ya‘ni mahsuldor faoliyat undan o‘sib chiqadi.
Reproduktiv faoliyatda o‘zlashtirilgan XMA, uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil ko‘rinishlarda qayta ishlab chiqiladi /ta‘limda aynan qayta gapirib berishdan tortib, o‘xshash vaziyatlarda biroz o‘zgartirib aytishgacha/, o‘quv predmetida dastlab bilib olingan ma‘lumotlarga o‘quvchi faoliyat davomida biror yangi axborot qo‘shmaydi. Algoritmik harakatlar, ya‘ni yaxshi tanish sharoitlarda va aniq tasvirlangan qoidalarga binoan harakat qilishh reproduktiv faoliyat uchun harakterlidir. Masalan, talaba umumiy ta‘lim, ixtisoslik predmetlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalardagi barcha masalalar /vazifalar/ni ilgari o‘zlashtirilgan /bilingan/ qoidalar va algoritmlarga binoan echadi, o‘quvchining bunday faoliyati reproduktivlik doirasidagi harakatlaridir.

Download 177.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling