O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogic texnologiya. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirirish


Download 108.94 Kb.
bet6/16
Sana21.02.2023
Hajmi108.94 Kb.
#1217231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-mavzu

Erkin tarbiya texnologiyasi
Erkin tarbiya texnologiyasida asosiy urg’u bolaning o’z hayotiy faoliyati davomida mustaqil fikr yuritishi va tanlash erkinligiga qaratiladi. Tanlash xuquqiga ega bo’lgan o’quvchi sub’ekt vazifasini bajarishga tashqaridan bo’lgan ta’sir ostida emas, balki o’zining ichki kechinmalaridan kelib chiqqan holda intilib a’lo darajada bajaradi. An’anaviy ta’lim tizimidagi har qanday pedagogik texnalogiyaning asosida tushuntirish yotadi, lekin shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi asosida esa tushunish va o’zaro bir birini tushunish yotadi. Bu tushunchaga V.S. Bibler shunday izoh bergan; tushuntirishda bitta ong, bitta sub’ekt ishtirok etib monologni hosil qiladi. Tushunishda ikkita ong,ikkita sub’ekt ishtirok etib o’zaro (bir birini) tushunish, dialogni hosil qiladi. Tushuntirish doim “yuqoridan past”ga bo’lgan qarash, ya’ni “so’zini o’tkazish”ni anglatadi.
Tushunish esa bu muloqot, hamkorlik, o’zaro (bir- birini) tushunish demakdir.
Erkin shaxsni shakillantirish muammosi ta’lim muassasalarida o`quv- tarbiyaviy ishlarni pedagogik texnologiya “rels” iga o`tkazish taqazo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi. Chunki: butun ixtiyoriy ko`rilayotgan va joriy etilayotgan o`kitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari - bilim, ijodiy faoliyat, ob’ektiv borlikka munosabatlar - pedagogik jaryon maxsulidir va ma’lum pedagogik tizim doirasida shakillantiriladi. Pedagogik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik tizim loyixasidir. Unda pedagogik tizim nima? Uning tarkibi qanday? Bu savollarga mavjud pedagogik nashrlardan topish mumkin.
N.V.Kuzmina pedagogik tizim o`zida ta’lim va tarbiya maqsadida bo`ysindirilgan o`zaro bog`liq tarkibli elementlardan tashkil topishini o`qtiradilar: pedagogik maqsad; o`quv va ilmiy axborot; pedagogik aloqa vositalari: o`quvchilar va pedagog.
V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko`ra “Pedagogik” tizim ma’lum shaxs sifatlarini shakillantirshga tartibli, aniq maqsadni ko`zlab va oldindan o`ylab pedagogik ta’sir etishini vujudga keltirish uchun zarur bo`lgan o`zaro bog`liq vositalar, usullar va jarayonlar yigindisidir. Har jamiyatda shu jamiyat mafkurasiga xos shaxsni shakllantirsh maqsadi va unga mos pedagogik tizim mavjud bo`ladi. Agar maqsad o`zgarsa tizim ham o`zgaradi.
Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo`lib, u o`ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o`quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo`lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo`lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga extiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jixatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi.
Tarbiya jarayonining moxiyati, qonuniyatlari hamda o`ziga xos jixatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g`oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan xolda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgiladik:

  1. tarbiya jarayonining umumiy loyixasi;

  2. tarbiyani tashkil etishga bo`lgan ijtimoiy extiyoj (ragbat);

  3. tarbiya maqsadi;

  4. tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);

  5. o`qituvchi (tarbiyachi) faoliyati; 6) o`quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati; 7) tarbiya samarasi (natija).

Ushbu fikrlar asosida tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi tasvirda quyidagicha namoyon bo`ladi (3-shakl).

Download 108.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling