O’quv jihozlari
Download 15.5 Kb.
|
5-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism: Jismoniy harakatning yurak va qon tomir tizimiga ta’sirini o’rganish.
- Yurak biotoklari.
- Puls (tomir urishi).
5 - AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Jismoniy yuklamalarning yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga ta’sirini o’raganish. Jismoniy mashqning qon aylanishga ta’sirini aniqlash., tekshiriluvchining pulsi, qon bosimini o’lchashni o’ragnish. Ishdan maqsad: jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir va nafas sistemasi faoliyatiga ta’sirini o’rganish. O’quv jihozlari: sekundomer, tanometr, fonendoskop, spirometr. Nazariy qism: Jismoniy harakatning yurak va qon tomir tizimiga ta’sirini o’rganish. O’ng qo’lning 4 ta barmog’ini tekshiriluvchining bilak arteriyasi sohasiga qo’yib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Shundan so’ng bir daqiqa davomida puls – yurak urushining soni aniqlanadi. Arterial pulsning bir minutlik sonini uch marotaba aniqlanadi va o’rtachasi hisoblanadi (sog’lom odamda pulslar soni bir minutda o’rtacha 72– 85 ta). Tekshiriluvchi 10 marta o’tirib turgandan so’ng yana puls sanaladi. Tinch holatdagi va jismoniy zo’riqishdan keyingi natijalarni solishtiriladi. Yurak biotoklari. Boshqa hujayra va to'qimalarda bo'lgani singari, yurak muskullarida ham biologik tok bo'ladi. Yurak biotoki elektrokardiograf yordamida maxsus lentaga yozib olinadi va o'rganiladi. Lentaga yozib olingan biotoklar elektrokardiogramma deyiladi. Yurakning har bir siklida lentada elektrokardiogrammaning 5 ta tishi hosil bo'ladi: P, Q, R, S, T. P tish bo'lmachalar muskullarinning qo'zg'alishidan, Q, R, S, T tishlari qonirchalar muskullarining qo'zg'alishidan hosil bo'ladi. Shunga qarab kasallikka tashxis qo'yiladi. Puls (tomir urishi). Qorinchalar qonni bosim ostida tomirlarga haydaganda qon tomirlarining tebranishi puls deyiladi. Pulsni teri ostida yuza joylashgan arteriya qon tomirlaridan yelka arteriyasi, bilakda, ikkiga shoxlangan joyda, chakkada va boshqa joylarda sezish va sinash mumkin. Qon tomirining har bir tebranishi yurakning har galgi qisqarishiga to'g'ri keladi. Bir yoshli bolada puls soni minutiga 110 ta, 5 yoshda 90 ta, 10 yoshda 80 ta, 16 yoshda kattalarning pulsiga tenglashadi. Odam hayajonlanganda, jismoniy ish bajarganda, yugurganda puls soni minutiga 180-200 martaga ko'payadi. Download 15.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling