Oʻquv loyiha “kitob bilimlar manbai va ma`naviyat asosi” loyiha topshirigʻI


Download 25.14 Kb.
bet1/3
Sana20.01.2023
Hajmi25.14 Kb.
#1105009
  1   2   3
Bog'liq
2-topshiriq Oquv loyiha


OʻQUV LOYIHA
KITOB - BILIMLAR MANBAI VA MA`NAVIYAT ASOSI”


LOYIHA TOPSHIRIGʻI
Kirish. Kitob – inson tafakkurining qanoti. Kishi uni mutolaa qilgani sari ongi va qalbida ezgulik urug`i nish uraveradi. Ilm-ma`rifat, ma`naviyat yo’lini tutgan odam saodatga erishadi, umuman, hayotning mohiyatini anglab boradi. Axborot texnologiyalari har qancha rivojlanmasin, baribir kitob o’zining azaliy mavqeini saqlab qolaveradi.
Insoniyat tafakkurining betinim qanoti bo’lgan kitobni sevish, ardoqlash, uning bitmas tuganmas bilim xazinasidan bahramand bo’lish har bir kishining buyuk orzusidir. Insonning ana shu orzu va istaklarini ro’yobga chiqishda, ma`naviyat, ilm-ma`rifat cho’qqilarini egallashda, o’zligini anglashda, zamonasining salohiyatli farzandi bo’lib etishishida kitobxonlikning o’rni beqiyos.
Yaxshi kitob muxlisni o’ziga rom etish bilan bir qatorda, unga ma`naviy go’zallik, estetik zavq ulashadi. Yaxshini yomondan ajratishga, ezgu ishlarga elkadosh bo’lishga undaydi.
O’zbek xalqi mentalitetida ma`naviyatning o’q ildizi bo’lib hisoblangan adabiyot esa hamisha mangu qadriyat sanalgandir. O’tgan yigirmanchi asrning boshlarida buyuk ma`rifatparvar, shoir Cho’lpon: “Adabiyot yashasa – millat yashar!”1 deya nido qilgan edi. Ushbu millat, el-yurt istiqboli uchun aytilgan so’z zamiridagi haqiqat bugun ham o’z dolzarbligini yo’qotmay turibdi.
Hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoev 2016 yil 4 noyabrda Navoiy viloyati saylovchilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda kitob mutolaasi xususida fikr bildirib, “kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma`naviyatga erishib bo’lmaydi”2 degan edi. Haqiqatdan ham mutoalani sevgan kishilar hayotga boshqacharoq ko’z bilan qaraydilar. Nigohlari teranroq bo’ladi. Undagi ezgu fazilatlar, ijobiy hislatlar qahramonlardan kitobxonga ko’chib boraveradi. Dastlab o’qishga kirishgan kishining ma`naviy dunyosi biroz sayozroq bo’lsa, asta-sekinlik bilan u o’zgarib boradi. SHu bois ham u asrlar davomida o’rni va ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Ammo xozirgi zamon yoshlarda kitobga bo’lgan qiziqishi yo’q.
Bugungi avlodni ma`nan etuk va aqlan barkamol bo’lib ulg`ayishlarida kitobning, xususan, Vatanimiz shoir va yozuvchilarining asarlarining o’rni katta.

Download 25.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling