Oʻquv loyiha “kitob bilimlar manbai va ma`naviyat asosi” loyiha topshirigʻI


Loyiha doirasida oʻz yechimini topuvchi muammo


Download 25.14 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2023
Hajmi25.14 Kb.
#1105009
1   2   3
Bog'liq
2-topshiriq Oquv loyiha

Loyiha doirasida oʻz yechimini topuvchi muammo: shaxsning ma`naviy shaklanishida kitobning kadr-qiymati va ahamiyatini hamma ham anglay olmaydi, kitob oʻqishni yaxshi koʻrmaydi va uni oʻqishni bilmaydi.
Loyiha maqsadi (u nima uchun yaratiladi): kursantlarda qiziqish oʻyg`otgan kitoblar toʻg`risida qisqa va koʻrgazmali shaklldagi ma`lumotlarni, shuningdek kursantlarning ushbu kitobni oʻqib chiqish kerakligi toʻg`risidagi asosli mulohazalarini taqdim etish.
Yakuniy natija: vizual taqdimot (slaydli taqdimot, videorolik).
Foydalanuvchilar: XT 1-4 guruglar.
Loyiha doirasi:
Bajarish muddati: 5 kun
Ishtirokchilar soni: 8-10 nafar talabalar.
Loyiha guruhi ishtirokchilarining vazifalari va faoliyat turlari:

  1. Adabiyotlarni tanlash, ularni oʻqib chiqish.

  2. Kitob muallifi haqida qisqa axborotni qidirish va tayyorlash (biografiyasi, ijodiy va jamoaviy faoliyatining xususiyatlari)

  3. Kitob haqida, ushbu kitobni boshqalar oʻqib chikishiga hohish tug`diradigan axborot tayyorlash (annotatsiya, muhim iqtiboslar va kitobdan lavhalar tanlash, rasmlar, fotosur`atlar, videoroliklar).

  4. “Nima uchun Men ushbu kitobni o’qishni tavsiya etaman?” degan savolga asosli yozma ravishda javob keltirish..

  5. Taqdimotni rasmiylashtirish.

  6. Loyiha faoliyati natijalari toʻg`risida hisobot tayyorlash.



LOYIHA TOPSHIRIG’INI BAJARISH BO’YICHA KURSANTLARGA USLUBIY KO’RSATMALAR



    1. Guruh sardorini tanlang.

    2. Diqqat bilan loyiha topshirig`i bilan tanishing.

    3. Ishtirokchilar oʻrtasida loyihani ishlab chiqish hamda uni rasmiylashtirish, taqdimotga va hisobotga tayyorlash boʻyicha vazifa va faoliyat turlarini taqsimlang.

    4. Ish rejasini tuzing.



Loyihani bajarish boʻyicha ish rejasi

Vazifa, faoliyat turi

Ish mazmuni

Ishtirokchilar F.I.

Bajarish muddati
















    1. Guruhingiz taqdim qiladigan kitoblarni aniqlang.

    2. Har bir guruh ishtirokchisi:

  • ushbu kitobni boshqalar o’qib chikishiga hohish tug`diradigan axborot tayyorlaydi va uni vizual taqdimot ko’rinishida rasmiylashtiradi;

  • “Nima uchun Men ushbu kitobni o’qishni tavsiya etaman?” degan savolga asosli yozma ravishda javob keltiring.

    1.  Yakka tartibdagi ish natijalarini umumiy guruhli vizual taqdimoti ko’rinishida rasmiylashtiring.

    2. Hisobotni tayyorlash yo’riqnomasi bo’yicha hisobotni tayyorlang.

    3. Loyiha taqdimotida guruh a`zolari o’rtasidagi vazifalarni aniqlang. Og`zaki taqdimotga tayyorgarlik vaqtida uning qoidalariga rioya qiling, og`zaki taqdimot qoidalarini esdan chiqarmang.



Download 25.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling