O’quv maqsadlari va ularga erishish yo’llari


Download 39.45 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi39.45 Kb.
#254150
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’quv maqsadlari


O’quv maqsadlari va ularga erishish yo’llari

Pedagogik texnologiya suz birikmasi asosida "Texnologiya", "Texnologik jarayon" tushunchalari etadi. Bu sanoatda texnik hujjatlar belgilanadigan va aniq natijaga erishishga qaratilgan operatsiyalar tizimini anglatadi, pedagogikada esa o’quv predmeti bo’yicha metodik ishlanma.

Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo’li aniq belgilangan maqsadlarga karatilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o’zaro aloqani o’rnatishdir. O’zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib o’quv jarayonini to’liq qamrab olishi kerak. Shu tezisni batafsil ko’rib chiqaylik.

Pedagog, odatda o’z oldiga o’quvchilar o’quv materialining mazmunini tushunib, o’zlashtirib olishsin, ma’lum bilimlarni egallab, amaliyotda qo’llashga o’rgansin degan maqsadni qo’yadi. Lekin, o’zlashtirish, tushunish, qo’llash nimani anglatadi?

Pedagog o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishganligini qanday biladi?

Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo’lgandagina, pedagog o’zining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan uslublari maqsadga muvofiqligiga yoki aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Odatdagi o’qitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.

Ma’lumki, pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy ko’rinishda oladi. Hattoki, o’quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu erda maqsadlarni aniqlashtirishning o’ziga xos pillapoyasini tuzish mumkin.

Endi maqsadlarni to’g’ri qo’yilishi, maqsadlarni ta’lim mazmuni va uni o’zlashtirish natijalari bilan bog’lanishi bundagi nazorat topshiriqlarini tayyorlash darajasini mukammal egallash maqsadida o’qituvchilar pedagogik texnologiyalar asosida ma’ruza matnlari ko’rinishidagi metodik ishlanmalar tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Biz quyida metodik ishlanmalarning modelini keltiramiz. Bu modelda metodik ishlanmalar turli sxemada tuzilishi mumkin. Eng muhimi ishlanmalar tayyorlashda umumiy maqsadlar, identiv o’quv maqsadlari va yakuniy natija orasidagi bog’lanish o’quvchini (talabini) qoniqtirishi lozim. Buning uchun metodik ishlanma mazmuni I, II, III, IV o’zlashtirish darajali qilib tayyorlanadi. Ta’lim mazmunini o’zlashtirish qoidalari o’quvchilarga tushuntiriladi va bu ishlanmalar o’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ta’lim olishlariga ko’maklashishi nazarda tutiladi.[24]

Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariaalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda ta’lim-tarbiya bolalarning har tomonlama kamol toptirishning asosini vujudga keltiradi. Ularda o’tilgan materialni tez tushunishini, amaliyotda qo’llay olishini, hisoblash, yozish va madaniy xulq malakalarining mustahkam shakllanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari umumiy o’rta ta’lim va kasb-hunar maktablari o’qishga ijtimoiy foydali mehnata halol munosabatni, Vatanga muhabbatni tarbiyalaydi. O’qitish jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarning qo’yilishi bilimlarni o’zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlarni shakllantirish uchun yaxshi sharoitlarni vujudga keltiradi.[5]

An’anaviy maqsad qo’yish turlari.

O’qitish jarayonida ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ajratish, bilimlarni o’zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlarni shakllantirish uchun yaxshi sharoitlarni vujudga keltiradi. Darsda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida qarashlar va ma’naviy sifatlar ham shakllanadi, ya’ni mazkur funktsiyalarning birligi va o’zaro bog’liqligi kuzatiladi.

O’qitishning ta’limiy funktsiyasi mazmunining boshqa bir jihati dalili o’quv materialini o’zlashtirishdir. O’qitishning ta’limiy maqsadini amalga oshirish o’quvchilarga beriladigan bilimlarning xarakteriga bog’liq. Ta’limiy maqsad qanchalik aniq belgilansa va u darsda olingan o’quv materialiga qanchalik muvofiq bo’lsa, darsda o’qitish metodini tanlash shunchalik oson bo’ladi.

O’qitishning ta’limiy maqsadi majmui ham berilgan bilimlar asosida shakllanadigan ko’nikmadan iborat bo’lib, bilimlarning harakteri tegishli ko’nikmalar bilan belgilanadi.

O’qitishning tarbiyaviy maqsadi o’quvchilarda ijobiy qarash va e’tiqodlarni, ahloqiylik, irodalilik va hissiyotlarni shakllantirishdan iboratdir. O’qituvchi har bir darsda o’quv materialini o’rgatish jarayonida tarbiyaviy vazifaning ma’lum tomonini amalga oshiradi. Dunyoqarash, shaxsning axloqiy fazilatlari, hissiyotlar, irodalilik va boshqalarni tarkib toptirish uzluksiz jarayon bo’lib, uni aniq cheklangan qismlarga ajratish mumkin emas. Tarbiyaviy maqsadning natijalari ta’limiy maqsadning natijalari kabi muayyan va aniq bo’lmaydi. Tarbiyaviy maqsad turli o’quvchida turlicha amalga oshadi. Darsning tarbiyaviy maqsadi o’quvchi shaxsida muayyon axloqiy, estetik, emotsional va irodaviy sifatlarni shakllantiradi.[20]



Har qanday o’quv materialini o’rganish o’quvchining kamol topishiga, undagi fikrlash mantiqining, bilish kuchlari va o’qish motivining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. O’qitishning rivojlantiruvchi maqsadini amlga oshirish tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish bilan o’xshaydi. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishdagi singari kamol toptirish vazifasini amalga oshirishda eng muhimi o’quvchining kamol topishga intilishini shakllantirishdir. Bitta darsda analiz, sintezning mantiqiy usullarini, mavhum fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, faol va mustaqil fikrlarni shakllantirish vazifasini qo’yish va amalga oshirish mumkin emas. Darsning kamol toptirish maqsadini amalga oshirish doimiy ravishda ma’lum g’oyalarni rejalashtirish va fikrlash mantiqini, faollik va bilishga qiziqishni rivojlantirishdan iboratdir.


Download 39.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling