Oʻquv mashgʻulotining oʻqitish texnologiyasi modeli


-jadval Ishlab chiqarish xonalari ish zonasidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakati tezgining yo`l qo`yiladigan normalari


Download 161.27 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2023
Hajmi161.27 Kb.
#1233446
1   2
1-jadval
Ishlab chiqarish xonalari ish zonasidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakati tezgining yo`l qo`yiladigan normalari




Yil fasli



Ish kategoriyalari



Havo harorati °C



Nisbiy namligi, %



Harakat tezligi, m/s



Sovuq

davr



Engil–1

20-23

60-30

0,2

O`rtacha og`irlikdagi–11a


18-20

60-40

0,2

O`rtacha og`irlikdagi–11b

17-19

60-40

0,3





Og`ir–111


16-19

60-40

0,3



Iliq

davr

Engil–1

20-25

60-40

0,2

O`rtacha og`irlikdagi–11a


21-23

60-40

0,3









O`rtacha og`irlikdagi–11b


20-22

60-40

0,4

Og`ir–111

18-21

60-40

0,5



Issiq

davr

Engil–1

20-30

60-40

0,3

O`rtacha og`irlikdagi–11a


21-25

60-40

0,4-0,5





O`rtacha og`irlikdagi–11b


21-25

60-40

0,5-0,7





Og`ir–111


21-25

60-40

0,5-1,0


2-jadval

Yilning issiq davridagi ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligining yo`l qo`yiladigan normalari




Ish kategoriyalari



Havo harorati °C



Nisbiy namligi, %

Engil–1
O`rtacha og`irlikdagi–11a


O`rtacha og`irlikdagi–11b
Og`ir–111


Eng issiq oyning soat 13 da tashqi havo o`rtacha haroratidan 5°C dan yuqori bo`lmasligi, biroq 28°C dan oshmasligi kerak


28°Cda 55


27°Cda 60
26°Cda 65
25°Cda 70
24°Cda 75
dan ortiq bo`lmasligi kerak


Eng issiq oyning soat 13 da tashqi havo o`rtacha haroratidan 5°C dan yuqori bo`lmasligi, biroq 26°C dan oshmasligi kerak


26°Cda 65


25°Cda 70
24°Cda va
bunda past bo`lganda 75 dan ortiq bo`lmasligi kerak





3-jadval

Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namlik va havo harakat tezligining yo`l qo`yiladigan normalari




Ish kategoriyalari



Havo harorati °C



Nisbiy namligi, %



Harakat tezligi, m/s



Tashqaridagi havo harorati, °C



Engil–1



19-25

75

0,2

15-30



O`rtacha og`irlikdagi–11a



17-23

75

0,2

15-30



O`rtacha og`irlikdagi–11b



15-21

75

0,4

15-30



Og`ir–111



13-19

75

0,5



15-30


Kimyoviy moddalar va ularning inson organizmiga ta`siri.
Kimyo sanoati mamlakatimiz xalq xo`jaligida muhim o`rinni egallaydi. Kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida kimyoviy mahsulotlarni xajmi ham, turlari ham ko`paydi. Bularga polimerlar, buyoqlar, eritgichlar, madaniy o`g`itlar, zaharli moddalar, yonilg`ilar va boshqalar misol bo`la oladi.Yuqorida nomlari ko`rsatilgan kimyo sanoati mahsulotlarini ko`pchiligi inson tanasi uchun xavflidir. Bular ishlab chiqarish joylarida paydo bo`lganda ishchilarga ham ichki va ham tashqi ta`sir ko`rsatadilar. Bunday kimyoviy moddalarni xavfli kimyoviy moddalar deyiladi.Ishlab chiqarish jarayonida xavfli kimyoviy moddalardan zaharlanish va kasallanish kasbiy zaharlanish yoki kasbiy kasallanish deyiladi.Xavfli kimyoviy moddalar sanoat korxonalarida xom ashyo sifatida, masalan, buyoqlar ishlab chiqarishda anilin, yordamchi material sifatida, rezina buyumlari ishlab chiqarishda - benzin, gazlamalarni bo`yashda - xlor qo`llaniladi.Xavfli kimyoviy moddalar asosan qattiq, suyuq va gaz holda bo`ladi. Ayrim hollarda esa bular chang va bug` holda ham uchrashi mumkin.Xavfli kimyoviy moddalar tanaga nafas yo`llari, teri va ovqat xazm qilish yo`llari orqali kiradi .
Zaharli moddalar odam organizmiga, tanasiga va ayrim to`qimalariga ko`rsatadigan ta`siriga ko`ra shartli ravishda 9 guruhga bo`linadi:
1. Asab zaxarlariga benzin, kerosin, yog` spirtlari, karbon vodorodlar, metanol, anilin, vodorod sulfidi, dioksan, ammiak, nikotin, kofein, tetraetil qo`rg`oshin, fosforli organik birikmalar va boshqalar misol bo`ladi. Ular asosan markaziy asab sistemasini shikastlaydi.
2. Jigar zaxarlariga tarkibida xlor, brom, ftor, yod bo`lgan birikmalar misol bo`ladi. Ular jigar to`qimasi faoliyatining buzilishiga, jigarning qattiq yalig`lanishiga olib keladi.
3. Qon zaxarlariga karbon angidridi, amino-nitro brikmalarning aromatik qatori va hosilalari, fenil gidrazin, mishyak, benzol, toluol, ksilol va boshqalar misol bo`ladi.Ular qon tarkibining buzilishiga, karboksil va metgemoglabin hosil bo`lishiga, to`qimada kislorodning kamayib ketishiga sabab bo`lib, hatto o`limga ham olib keladi.
4. Ferment zaharlariga kiruvchi simob, mishyak, sian birikmalari, fosforli organik brikmalar (tiofos-metafos) tanani biologik katalizatorlari hisoblanadigan fermentlarning guruhlari bilan bog`lanib, ular faoliyatining buzilishiga, zaharlanishiga olib keladi.
5. Qitiqlovchi, kuydiruvchi zaharlar yuqori va quyi nafas olish yo`llarini shikastlaydi, kasallanishga olib keladi. Bunday zaharlarga xlor, ammiak, azot oksidi, fenol, kislotalar, ishqorlar misol bo`ladi.
6. Allergen zaharlari nikel, berilliy birikmalari, nitroxlorbenzol, piridin brikmalari, ursol va boshqalar tananing reaksion qobiliyatini o`zgartiradi, terining yalig`lanishiga, nafas olish yo`llarining torayishiga va boshqa kasalliklarga olib keladi.
7. Konserogen zaharlari hisoblangan toshko`mir smolasi,amino va izobrikmalar, xlorbenzidin, qurum, qorakuya va boshqalar tanada shish, rak kasalligini keltirib chiqaradi.
8. Mutagen zaharlarga etilenimin, etilen oksidi, xlorli karbonvodorodlar, qo`rg`oshin va simob birikmalari misol bo`lib, ular odam va xayvonlar jinsiy organlariga qattiq ta`sir etadi.
9. Emriotrop zaharlar (tolid amid va boshqalar) odam va hayvonlarning tug`ilishiga salbiy ta`sir etadi. Naslini yo`q qiladi.Xavfli kimyoviy moddalarning qanday ta`sir etishi tananing individual xususiyatiga ham qisman bog`liqdir. Masalan, xomilador ayollar ba`zi kimyoviy moddalarning (qo`rg`oshin, simob, benzol va boshqalar) ta`siriga osongina beriladilar. Bolalar va o`smirlarning o`sishda davom etgan organizmlari odatda har xil zaharli ta`sirlarga, shu jumladan zaharlanishga ham tez moyillik ko`rsatadi.
Qator hollarda sanitariya-texnika va gigienaga oid turli kamchiliklar yuz berib turadi, bu narsa zaharlanish va kasb kasalliklarning yuz berishiga sababchi bo`lib xizmat qiladi. Bularning oldini olish uchun sanoat binolarini qurish, ularni jihozlash, xom-ashyo sifati, texnologik jarayonlar, sanitariya-texnika qurilmalari, sanitariya-maishiy uy-binolar, ishlovchilarni yakka holda ximoya qilish, ularga tibbiy xizmat ko`rsatish va profilaktik tadbirlarni planli ravishda amalga oshirish kerak.Xavfli moddalarning o`rniga zararsiz moddalarni qo`llanishiga alohida e`tibor berish zaharlanishlarning oldini olishda eng yaxshi usul hisoblanadi. Sanoatda ishlatish uchun yangidan kiritiladigan moddalarning zaharlilik xususiyatlarini oldindan o`rganish va ularni standartlarga ajratish zaharlanishning oldini olishda katta ahamiyatga egadir. Bu narsa juda zaharli bo`lgan moddalarni xavfsiz ravishda qo`llanish uchun zarur bo`lgan sharoitlarni ishlab chiqish imkonini beradi.Xavfli kimyoviy moddalarni qo`llash va ishlatish bilan bog`liq bo`lgan korxonalardagi juda zaharli moddalar ajraladigan xonalar ishchilar ishlaydigan boshqa xonalardan alohida bo`lishi kerak. Bunday xonalarning devorlari, pollari xavfli kimyoviy moddalarni o`ziga singdirib olmaydigan va osongina tozalanadigan materiallar bilan qoplanishi kerak.Agar texnologik va sanitariya texnika tadbirlari yordami bilan zaharli moddalar ajralib chiqishining oldini to`liq olish mumkin bo`lmasa, u vaqtda ishlash zonasidagi zaharli moddalar miqdorini, salomatlik uchun zarar keltirmaydigan konsentratsiyadan oshirmaslik kerak.Ishchilar ishlaydigan xonalar havosi tarkibidagi zararli moddalarning miqdorini, havoni tegishli analiz qilish yo`li bilan sistematik tekshirib turish kerak.Shuningdek, zaharli moddalar solingan idishlar ham zaharlanishning manbai bo`lishi mumkin. Shuning uchun bunday idishlar zaharli moddalarga chidamli materiallardan tayyorlanishi va og`zi germetik yopilishi lozim.Zaharlanishdan himoya qilish maqsadida shaxsiy profilaktik tadbirlar o`tkaziladi: maxsus kiyimlar va turli shaxsiy ximoya vositalari bilan ta`minlash, ishchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi bilan tanishtirish, oldindan va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko`rikdan o`tkazish, maxsus ovqatlar berish va boshqalar.Ishchilarga yo`riqnomalar berish (instruktaj o`tkazish) ishlab chiqarishdagi umumiy zararli narsalar bilan tanishtirishni, ishning xavfsiz usullarini o`rgatishni, sanitariya-texnika qurilmalari va shaxsiy himoya vositalaridan to`g`ri foydalanishni ko`zda tutadi.
Shovqin va uning inson organizmiga ta`siri
Shovqin, silkinish va ultratovushlar ajralib chiqishi bir xil bo`ladi, ya`ni ular jismlarning tebranishidan tashkil topib, inson eshitish organi tomonidan qabul qilinadi. Ular bir-birlaridan faqat tebranish chastotasi bilan va odamlar ularni har xil qabul qilishi bilan farq qiladilar.20 dan 20000 gersgacha (gs) tebranishlar tovush deb ataladi va ularni biz tovushdek eshitamiz. (Gers 1 sekunddagi tebranishlar chastotasidir). Shunday bir qancha tovushlarni tartibsiz qo`shilishi shovqin deb ataladi. 20 gs dan past bo`lgan tebranishlar infratovush deb ataladi. 20000 gs dan yuqori bo`lgan tebranishlarni esa ultratovush deyiladi. Ultratovushlarni biz eshita olmaymiz, ularni faqat ba`zi bir uy xayvonlarigina eshita oladi.Qattiq qismlarning tebranishiga va shu tebranishlarni jismlarning o`zlari yoki boshqa qattiq jismlar orqali o`zatilishiga silkinish deyiladi. Silkinishni biz chayqalishdek qabul qilamiz va ularni tebranish chastotasi 1 gs dan 100 gs gacha bo`ladi.Yuqorida aytib o`tilganidek turli chastotadagi har xil tovushlarning tartibsiz qo`shilishib eshitilishi shovqin deb ataladi. Ritmlarga rioya qilingan holda muntazam ravishda kelib chiqadigan ohangrabo tovushlarga musiqali tovushlar deb ataladi. Musiqa bizga estetik zavq beradi, shovqin esa g`ashimizni keltiradigan darajada ta`sir qiladi.Normal eshitishda tovush tebranishlarining 20 dan-20000 gs gacha chastotasi qabul qilinadi. Bunda eng yuqori chegara faqat bolalar yoshiga xosdir. Ular balog`atga etgan sari eshitish organlari tomonidan qabul qilinadigan tovushlarning chastotasi kamaya boradi va yosh o`tib qolganida 15000 gs dan oshmaydi.Tovush qattiqlik darajasini aniqlash katta ahamiyatga egadir. SHovqinni tekshirish uchun maxsus asboblar ishlatiladi. Ular detsibellar bilan shovqin kuchining darajasini o`lchashga imkon beradi. Bundan tashqari nihoyatda murakkab tuzilgan tovush analizatorlari ham mavjud bo`lib, ular mavjud, shovqinning qanday chastotalardan iboratligini va umumiy tovush quvvatining qaysi chastota bo`laklariga to`g`ri kelishini juda ham aniqlik bilan belgilab beradi.Qattiq shovqin eshitish organlariga yomon ta`sir qilishi natijasida ishchilarning eshitish qobiliyati pasayib ketadi. Bunda, avvalo eng kuchli darajada yuqori tebranish chastotasiga ega bo`lgan tovushlarni qabul qilish buziladi.Juda ko`p tebranishlarga ega bo`lgan tovushlar kar bo`lib qolishga asosiy sabab bo`ladi. Ishlab chiqarishda shovqin ichki quloqqa faqat havo orqali o`tibgina qolmasdan, balki bosh suyagi orqali ham o`tadi.Shovqin boshni aylantirib, miyada og`riq paydo qiladi va quloq shang`illab asab tizimiga ham yomon ta`sir qiladi, fikrni jamlab, aqliy ish bilan shug`ullanishga imkon bermaydi. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta`sir qilishi asab tizimining ishdan chiqishiga olib keladi. Shovqin ta`sirida turli organ va tizimlarning, masalan, xazm qilish, qon aylanish normal faoliyati buziladi.
Download 161.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling