O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
INTERNET TIZIMI ORQALI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHNING AFZALLIKLARI
Download 147.5 Kb.
|
17-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- BU QIZIQ... O‘zbekiston «Biznes yuritish – 2018» reytingida dunyo o‘ntaligiga kirdi
- BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
INTERNET TIZIMI ORQALI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHNING AFZALLIKLARI
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni Internet tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazsangiz bir qator afzalliklarga ega bo‘lasiz. Jumladan: – ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish zarurati yo‘qoladi; – arizachilarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazishga davlat bojini to‘lash uchun bank kassasiga shaxsan tashrif buyurish zaruriyatidan xalos etadi; – hujjatlar Internet orqali onlayn topshirilganda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojlari stavkalari shaxsan tashrif buyurgan holatga nisbatan ikki barobar kam to‘lanadi; – biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirishni arizachi uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda boshlash, to‘xtatib turish yoki qaytadan boshlash mumkin bo‘ladi. BILASIZMI? Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning 1-yanvar holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 300,2 mingtaga yetdi. Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Toshkent shahrida (20,8%), Toshkent (10,2%), Farg‘ona va Andijon (8,7%) viloyatlari hissalariga to‘g‘ri keladi. BU QIZIQ... O‘zbekiston «Biznes yuritish – 2018» reytingida dunyo o‘ntaligiga kirdi O‘zbekiston Jahon banki guruhining tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha «Biznes yuritish – 2018» (Doing Business – 2018) reytingida uchinchi bor dunyoning yetakchi o‘nta davlati qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda Jahon bankining yurtimizdagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar qildi. ...Joriy yilgi mavzusi «Ish o‘rinlarini yaratish uchun islohotlar qilish» bo‘lgan yangi hisobotda O‘zbekiston o‘tgan yilgi 87-o‘rindan 13 pog‘ona yuqorilab, 74-o‘rinni band etdi. BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! 1. Tadbirkorlik faoliyatining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish nima uchun zarur? 2. Davlat xizmatlari ko‘rsatishning «Yagona darcha» tamoyili nimani anglatadi? 3. «Yagona darcha» markazi nima? 4. «Yagona darcha» markazlariga murojaat qilishning qanday yo‘llari mavjud? 5. An’anaviy tarzdagi murojaat qanday amalga oshiriladi? 6. Onlayn tarzdagi murojaat uchun qanday sharoitlar zarur? 7. Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz qaysi yo‘ldan foydalangan bo‘lar edingiz? Nima uchun? 8. Onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 9. Internet tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazishning qanday afzalliklari mavjud? Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling