O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli


Jamgʻarmaning yoshlar biznesiga bevosita qoʻyilmalari


Download 178.11 Kb.
bet6/7
Sana03.12.2023
Hajmi178.11 Kb.
#1797878
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nilufar opa 21

Jamgʻarmaning yoshlar biznesiga bevosita qoʻyilmalari


Kredit berishdan tashqari, Jamgʻarma yoshlarning tadbirkorlik loyihalarida
muassis sifatida bevosita ishtirok etadi. Bunda Jamgʻarma ulushi 50%dan oshmaydi. Keyinchalik Jamgʻarma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qiladi.
Shu bilan bir qatorda, band boʻlmagan yoshlar yashaydigan uy xoʻjaliklari uchun:

    • 20 tagacha parranda va quyon bolasi;

    • 5 ta mayda qoramol;

    • 2 ta yirik qoramol sotib olish uchun pul beriladi.

Ularning qiymati kelishilgan muddatlarda qaytarilishi kerak (bunda kredit haqida emas, qarz haqida soʻz borayotgan koʻrinadi).


Muhim sharti: yoshlar chorvachilik yuritish boʻyicha tegishli koʻnikmalarga ega boʻlishlari kerak. Biroq har qanday holatda Jamgʻarma hayvonlarni boqish va ularni keyinchalik realizatsiya qilishda koʻmaklashadi.

«Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari hamda «Yoshlar mehnat guzari» savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlari komplekslari


Ma’lumot uchun: kovorking (inglizcha «co-working» – «birgalikda ishlash») – turli ish bilan band boʻlgan kishilar mehnatini umumiy makonda tashkil etishga yondashuv, jamoa ofisi.
«Yosh tadbirkorlar» kovorkinglarida yosh tadbirkorlar imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga olishlari, Internetdan foydalanishlari mumkin boʻladi. Bundan tashqari, ularga biznes-rejalar ishlab chiqishda, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini koʻrsatishda yordam beradilar, shuningdek forumlar, master-klasslar va seminarlar oʻtkazadilar.
Kovorkinglar barcha tumanlar (shaharlar)da, «Yoshlar mehnat guzari» komplekslari esa faqat mehnat kuchi haddan ziyod boʻlgan tumanlarda tashkil etiladi. Ular davlat- xususiy sheriklik shartlarida quriladi.




Download 178.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling