O’quv mashg’ulotlarini loyihalash (fanning ishchi o’quv rejasini ishlab chiqish, dars rejasini tuzish, o’tiladigan mavzu bo’yicha darsning texnologik xaritasini tuzish) Reja


Download 31.18 Kb.
bet2/5
Sana25.01.2023
Hajmi31.18 Kb.
#1120917
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’quv mashg’ulotlarini loyihalash buyicha umumiy tushunchalar

Kirish ma’ruzasi - keyinchalik o‘rganiladigan materiallar bo‘yicha umumiy yo‘nalish beruvchi ma’ruza.
Refleksiv ma’ruzalar – oldin o‘zlashtirilgan mazmun va faoliyat usullari bo‘yicha muammolar hosil qilish, yangi mazmunni o‘zlashtirishda muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishga qaratilgan ma’ruzalar.
Vositaviy ma’ruzalar – aniq muammolarni yechishda oldin o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalanish bo‘yicha tasavvurlar hosil qilishga yo‘naltirilgan ma’ruzalar. 5. Umumlashtiruvchi ma’ruza – kurs yakunida barcha o‘rganilgan materiallar bo‘yicha qisqa xulosalar chiqarilib, talabalar tomonidan materiallarni diqqat bilan tinglashlari, qabul qilishlari, tahlil qilib baholashlariga qaratilgan ma’ruza.
Muammoli ma’ruza – real hayotdagi qarama-qarshiliklar modellashtiriladigan ma’ruza. Muammo nazariy va amaliy vaziyatlarni qarama-qarshiligi, ya’ni ayrim hollarda nazariya va amaliyotni bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi shaklida talqin qilinadi, uning komponentlari va tashkil etuvchilari yoritiladi.
Juftlik (birgalikdagi) ma’ruza –ikki ma’ruzachi ishtirokidagi ma’ruza. Bunda har bir ma’ruzachi aniq rol o‘ynaydi. Masalan, biri ma’ruzachi sifatida ishtirok etsa, ikkinchisi tanqidchi, ekspert yoki muammolarni keltirib chiqaruvchi sifatida qatnashadi.
Ma’ruza - maslahat- talaba tomonidan oldindan shakllantirilgan savollar bo‘yicha ma’ruza.
Matbuot –anjuman- ma’ruza – ma’ruza mazmuni talabalar savollari asosida yaratiladi, lekin bir necha ma’ruzachilar tomonidan o‘tkaziladi.
Reja asosida xatolar kiritilgan ma’ruza – Bunday ma’ruzalarda ma’ruzachi rejali holda ataydan xatolarga yo‘l qo‘yib, talabalarning diqqatini tortadi. Talabalar tomonidan ma’ruza materiallarini diqqat bilan tinglashlari, qabul qilib o‘zlashtirishlari, tahlil qilib baholashlari, axborot mazmunidan erkin va tezkor foydalana olishlariga yo‘naltirilgan ma’ruza.
Ma’ruza-dialog – ma’ruza mazmuni bir qator savollar yordamida yetkaziladi va savollarga talabalar tomonidan javob berishlari talab etiladi.

Download 31.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling