O’quv materiallari 12- mavzu
Eelektrokardiogrammani qayd qilish
Download 269.1 Kb.
|
12-maruza
Eelektrokardiogrammani qayd qilish. Elektrokardiogramma (EKG) - ko’plab miyokard hujayralarining qo’zg’alishida yuzaga keladigan umumiy biopotensial miqdoridir. EKG - elektrokardiograflar yordamida qayd qilinadi (1-rasm).
1-rasm. Hozirgi zamon elektrokardiografining umumiy ko’rinishi. Elektrokardiografining asosiy qismlari 2-rasmda tasvirlanganidek quyidagi qismlardan iborat bo’ladi: 1- yoqib-o’chirgich; 2- yozish moslamasini boshqarish ruchkasi; 3 – indikator; 4 – tarmoq kabelini ulanish joyi; 5- tarmoq ruchkasi; 6 – yozish moslamasini boshqarish ruchkasi; 7- “I mV” kalibrovka ruchkasi; 8 – lentani tezligini boshqarish knopkasi; 9 – 0-МТ ga tinchlantirish knopkasi; 10 – sezgirlik knopkasi; 11- lenta tortish mehaizmini yoqish knopkasi. 2-rasm. Elektrokardiografining asosiy qismlari. Yurakda paydo bo’ladigan elektr biopotesiallari elektrodlar yordamida qabul qilinadi va o’lchanadi. Biopotesiallarni miqdori juda kichik qiymatlarga ega bo’lganligi uchun maxsus kuchaytirgichlar yordamida kuchaytiriladi va yozib olish moslamasiga uzaniladi. Elektrokardiograflar yordamida yurak biopotesiallarini qayd qilish va yozib olishning prinsipial sxemasi 3-rasmda tasvirlangan. 3-rasm. Elektrokardiograflar yordamida yurak biopotesiallarini qayd qilishning prinsipial sxemasi: Yo.O’ –yoqib-o’chirgich (включатель); Кuch. – кuchlanish kuchaytirgichi; Q.-К. – quvvat кuchaytirgichi; EMO’ – elektromexanik o’zgartirgich; LTM – lenta tortish mexanizmi; TM – tok manbayi; ККМ – kuchlanish manbayini rflibrovkalash. Elektrokardiogrammani olish uchun elektrodlar kerakli nuqtalarga ulanadi. Elektrodlar organizm bilan yaxshi kontaktda bo‘lishi uchun marlidan maxsus yasalgan prokladka 10 % li osh tuziga shimdirilgan xolda qo‘yiladi. Tarmoq kabelining klemmalari quyidagi ko‘rinishda ulanadi: Qizil elektrod — o‘ng qo‘lga , Sariq elektrod — chap qo‘lga, Yashil elektrod — chap oyoqga va Qora elektrod — o‘ng oyoqga ulanadi. Magnit maydonidagi o’zgarishlar ro’yxatga olish qurilmasiga uzatiladi va 10-100 mm/s (25 yoki 50 mm/s) tezlikda harakatlanadigan elektrokardiografiya lentasi yordamida qayd qilinadi. Texnik xatolarni va EKG yozuvlaridagi shovqinlarni bartaraf qilish uchun elektrodlarni qo’lga tegib turmasligi qurilmani erga ulangan xolatda bo’lishiga hamda priborning vol’tmetrida boshlang’ich ko’rsatishi nolda bo’lishiga ko’proq e’tibor berish kerak. EKG ni yozib olish uchun elektrodlar tananing turli qismlariga o'rnatiladi. Elektrodlarni joylashtirish tizimi elektrokardiografik tarmoqlardeb ataladi. Download 269.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling