O’quv materiallari 12- mavzu
Elektrokardiogrammani tahlili
Download 269.1 Kb.
|
12-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir kanalli elektrokardiograflar.
Elektrokardiogrammani tahlili. EKGni tahlil qilayotganda, birinchi navbatda, o’lchash asbobini yani elektrokardiografni qiyoslash ko’rigidan o'tkazilganligining texnik jihatdan to'g'riligiga e’tiborni qaratish hamda elektrokardiografning millivoltimetrining amplitudasini (agar u 1 smga to'g'ri keladigan bo'lsa) to’g’ri ko’rsatayotganligini tekshirish kerak bo’ladi va ishonch hosil qilish kerak. Qurilmani noto'g'ri kalibrlash tishlarning amplitudasini sezilarli darajada o'zgartirishi ham ma’lum bir darajada diagnostika xatolariga olib kelishi mumkin. Elektrokardiogramma natijasini tahlil qilish uchun elektrokardiografning elektrodlari o’rnatilgan qo’l, oyoq va ko’krak qafasidagi teri bilan yaxshi kontaktda bo’lishi kerak. Natija olishda bunday kamchiliklar kuzatiladigan bo’lsa EKG yozuvlarini qaytadan olishga va taxlil qilishga to’g’ri keladi.
Hozirgi zamon elektrokardiograflari o‘zining tuzilishi, ishlash prinsipi va kanallari miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Bir kanalli elektrokardiograflar; 2. Uch kanalli elektrokardiograflar; 3. Olti kanalli elektrokardiograflar; 4. O‘n ikki kanalli elektrokardiograflar; 5. O‘n besh kanalli elektrokardiograflar. Bir kanalli elektrokardiograflar. Bir kanalli elektrokardiograflar Sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha tibbiyot tashkilotlarida, xususiy tibbiyot tashkilotlarida hamda tez yordam xizmatlarida qo‘llaniladi. Bir kanalli elektrokardiograflar quyidagi sifat ko‘rsatkichlariga va afzalliklariga ega: - ixchamligi, engilligi; - o‘lchangan biopotensialni miniprinter yordamida maxsus qog‘ozga tushirib beradi; - Bir kanalli elektrokardiograflar sodda tuzilishga ega bo‘lganligi uchun ularni ishlatish qulay va oson; - sensorli monitorda puls miqdorini kuzatish mumkin; - avtomatik ravishda, apparatning ishlash jarayonida diagnoz qo‘yish mumkin; - Bir kanalli elektrokardiograflar akkumulyator toki yordamida ishlatilishi mumkin; - portativ ko‘rinishdagi bir kanalli elektrokardiograflar mavjud ( massasi 900 grammni tashkil qiladi); - Ishlab chiqaruvchilar: AQSH, Rossiya, Yaponiya, Shveysariya, Download 269.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling