Vatanparvarlik – Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona xalqining ornomusi, shonsharafi, baxtu saodati uchun kuchg‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy histuyg‘udir. Vatanparvarlik onayurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat.
Verbal – (lot.) og‘zaki; bunda siyosiy ishtirokni shaxsning sub’ektiv jihatiga bog‘liq emasligiga ishoraqilinmoqda.
Veto – (lot. taqiqlayman) davlat boshlig‘i yoki parlament oliy palatasining qonun chiqaruvchi tashkilot qabul qilgan qonunni kuchga kirishini bir muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki uni kuchga kiritmaslik huquqi: mutloq veto, kechiktiruvchi veto.
Do'stlaringiz bilan baham: |