O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni
Download 1.72 Mb.
|
2 5282874318848527501
2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish.
CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson xdyotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sogligini kafolatlash yo‘nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan xolda yaxlit tizim yaratildi. Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda49. Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlatxususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatni demokratlashuvi jarayonida aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash uchun «Nuroniy» jamg‘armasi davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiyijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan 2016 yil 28 dekabr kuni «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"50gi Farmon va «Keksalar va nog‘ironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"51gi Qarorni qabul qilinishi bu borada islohotlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi bo‘ldi. Mazkur farmon va qarorda oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, «Nuroniy» jamg‘armasi markaziy apparatining, uning viloyat va tumanlardagi bo‘linmalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, «Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimini kiritish, «Nuroniy» jamg‘armasining barcha bo‘linmalari moddiytexnika bazasini mustahkamlash, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa yoshdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz keksalarning turmush sifatini va turmush darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy hodimlarni biriktirish orqali oshirish, keksa yoshdagi shaxslarni to‘lovsiz asosda davolash va sog‘lomlashtirish ko‘zda to‘tilgan. SHu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqdoridagi orderlar ajratish ko‘zda tutilgan. Tuman (shahar)lardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, shuningdek barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy miqdori 108,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash; keksalar va nog‘ironlarning 23 ta Saxovat va Muruvvat uyinternatlari moddiytexnika bazasini umumiy miqdori 207 milliard so‘mga teng hajmda mustahkamlash. Dasturni moliyalashtirishga 688,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi, shuningdek xalqaro moliyaviy tuzilmalarning 108,7 million AQSH dollari hajmidagi kredit va grant mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan52. Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, davlatimiz tomonidan inson salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng omma o‘rtasida shakllantirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, har bir shaxsning salomatligi o‘z qo‘lida ekanligini aholi o‘rtasida keng tashviqottarg‘ibot qilish, sog‘lom jamiyatni tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Bu borada, 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida"gi 2107-sonli Prezident Farmoni, 2011 yil 28 noyabrdagi "Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 1652-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori hamda 2015-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini ta’minlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori aholi o‘rtasida sog‘lom turmushtarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 2016 yil “Sog‘lom bola – sog‘lom ona yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun joriy yilda 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi. Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiyamaliy tibbiyot markazida eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ana shunday ishlar qatorida 700 ming nafar bola pnevmokok infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi53. Lekin, bugungi kun talabi mazkur sohani yanada rivojlantirish, aholi sog‘ligini muhofaza qilish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilashni taqozo etmoqda. Sohani isloh etish, shubhasiz millatni sog‘lomlashuviga xizmat qiladi. SHu bilan birga, 2016 yili sentyabr oyida tasdiqlangan 2016-2020 yillarda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur samarali bajarilishini ta’minlash kelgusida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida ijobiy natijalarni qulga kiritishga asos bo‘ladi. Nufuzli xalqaro institutlarning e’tirof etishicha, O‘zbekiston dunyoning 125 davlati orasida xotinqizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va onalikni muhofaza qilish borasida etakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Jahon reytingida mamlakatimiz yosh avlod salomatligiga eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan 10 ta davlat safidan joy oldi. Aholi genofondini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan choratadbilar natijasida ayollarning o‘rtacha umri 66 yoshdan 73,5 yoshga uzaydi. Onalar va go‘daklar o‘limi 3 barobar kamaydi54. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish, hamda kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2017 yil 5 yanvar va 7 fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolayotganligi, shifoxonalar va aholini doridarmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi. “Harakatlar strategiyasi”da oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish, jismoniy baquvvat va ma’naviy jihatdan sog‘lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralgan. “Harakatlar strategiyasi”ning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiytekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari klinikalari etakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazish, viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturini qabul qilish, «Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonunni ishlab chiqildi, Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun: tibbiyijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan hududlarda, shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aholi uchun «Salomatlik» poezdlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda55. Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon doridarmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi doridarmon vositalari ishlab chiqarilmoqda. SHuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va ular bilan aholi hamda davolashprofilaktika muassasalarini ta’minlash maqsadida mazkur sohadagi ishlarni tashkil etishning mustahkam huquqiy asoslari barpo etildi. Yigirmadan ortiq qonun, bir yuz yigirmadan ziyod me’yoriyhuquqiy hujjatlar bu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda. Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli doridarmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiqoshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import doridarmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Prezident SH.Mirziyoevning 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini doridarmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi56 PQ2647 qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, xalqimizni arzon va sifatli doridarmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ushbu hujjat asosida tibbiyotda keng qo‘llaniladigan 167 nomdagi ijtimoiy ahamiyatga ega doridarmon vositalari va 22 turdagi tibbiyot buyumlari uchun narxlarni belgilash tartibi joriy etildi. Qarorda 2017 yilning 1 yanvaridan e’tiboran chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan doridarmon vositalari va tibbiyot buyumlariga qo‘yiladigan ustamalar ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilangani aholining barcha toifalari manfaatiga xizmat qiladi Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan 76 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda shifokor retseptisiz beriladigan 1033 turdagi doridarmon vositalari ro‘yxati dorixonalarning haridorga qulay va ko‘rinarli joyiga ilib qo‘yilmoqda. Tibbiyot hodimlari va dorixonalar mas’ullari uchun amaliy seminarlar tashkil etilib, qaror mohiyati, unda belgilangan vazifalar tushuntirilmoqda. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Bu esa aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlaydi. Ma’lumki, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanok xotinqizlarga gamxurlik ko‘rsatish, ularni ijtimoiyhuquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma’naviy hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, kiz bolalarni zamonaviy kasbxunarga o‘rgatish, ularni sportga keng jalb etish, sog‘lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Xotinqizlar qo‘mitasi mamlakatimiz xotin-qizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, xalqaro ayollar harakati hamda boshqa nufuzli tuzilmalar bilan keng hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991 yilda tashkil topgan mazkur tashkilot oxirgi yillarda xalqaro maydonda uz obrue’tiborini kuchaytirdi. Aynikea, Prezidentimizning 2004 yil 25 maydagi «O‘zbekiston Xotinqizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni57 qo‘mita tizimining yana bir bosqich ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. Xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, unlab qonunlar, saksonga yaqin farmon va qarorlar, davlat dasturlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. CHunonchi, Asosiy Qonunimizning 46-moddasida xotinqizlar va erkaklar teng huquqliligi belgilab qo‘yilgani ularning davlat hamda jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, yurtimiz ravnaki yo‘lida bor salohiyat va imkoniyatlarini ishga solib, mehnat qilishlariga sharoit yaratmoqda. SHu bilan birga, mamlakatimiz sohaga oid turli konvensiya, bitim hamda shartnomalarga kushilgan. YUrtimizda xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi faolligini yangi bir pogonaga ko‘tarish maqsadida 2004 yili O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotinqizlar uchun 30 foizli kvota joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2017 yil 4 martda, Xalqaro xotinqizlar kuni arafasidagi mamlakatimizning etakchi xotinqizlar vakillari bilan uchrashib, ularni, butun yurtimiz ayollarini bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda mustaqillik yo‘llarida xotinqizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, bu boradagi dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtab utdi. Prezidentimizning O‘zbekiston xotinqizlar qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarori bu yo‘ldagi katta amaliy qadam bo‘ldi. Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona vatashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida kelgusida Korakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Sog‘lom ona sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun so‘zish, sinxron so‘zish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobakalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi58. O‘zbekiston Xotinqizlar qo‘mitasining, respublika xotinqizlar jamoat tashkilotlarining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiyijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, xotinqizlar hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida «Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ishlab chiqildi. Ushbu qaror asosida aholining muammoli masalalarini xal etishning samarali tizimi yaratildi. Mamlakatimizda ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar asosida yaratilayotgan ish o‘rinlari yildanyilga ortib bormoqda. Xotinqizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida mamlakatimiz erishayotgan yutuklar, aynikea, uy mexdatini rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlar dikkatga sazovor. Bu, uz navbatida, ayollarning oila moddiy farovonligiga munosib xissa kushishlariga, shu bilan birga, farzand tarbiyasi bilan bevosita shug‘ullanishlariga imkon beradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling