O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Arzon uyjoylar barpo etish bo‘yicha maqsadli


Download 1.72 Mb.
bet41/157
Sana09.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#267799
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   157
Bog'liq
2 5282874318848527501

3. Arzon uyjoylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘ltransport, muxandislikkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan islohotlar jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish yuzasidan katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat byudjetining kariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Bu aholining xdyot sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. SHu bilan birga aholini, ayniqsa qishloq aholisini yangi, shinam uyjoylar bilan ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko‘payishi esa ularning hayot farovonligini yuksaltirishga asos bo‘lmoqda.

Erishilgan yutuklar bilan birga aholining usib borayotgan talab-extiyojlarini to‘larok kondirish, ularning samarali ishlashi hamda hayoti uchun munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim zaruriyatga aylanmoqda va bu Uzbekistonni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.



SHularni hisobga olib, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj­lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan:

  • aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uyjoy sharoitini yaxshilashga muxtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;

  • aholining kommunalmaishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish. eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;

odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chikindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiytexnik bazasini mustahkamlash, chikindilarni yo‘q qilish bo‘yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;

  • aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;

  • yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkta k>hchalarini kapital va joriy ta’mirlash;

  • yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini mo­dernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yokilgienergiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • teatr va tomosha maskanlarini, madaniyma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiytexnik bazasini mustahkamlash.

Jahon banki ishtirokida Sirdaryo viloyati Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Okoltin tumanlari, Buxoro viloyati Olot va Korakul tumanlarida ichimlik suvi ta’mino­tini yaxshilash loyihasi hamda Buxoro va Samarkand shaharlarida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Fargona, Margilon va Jizzax shaharlarida ka­nalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish hamda Toshkent viloyati Kibray va Zangiota tumanlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loiixalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

SHuningdek, OPEK va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida Samarkand viloyati Kushrabot tumani qishloq aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida Sirdaryo viloyatining Guliston, YAngier va SHirin sha­harlarida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturiga asosan, 2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq 2017 yilda 5,1 ming kilometr elektr tarmoqlarini, 1040 ta transformator punktini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni amalga oshirishga jami 445800 million sum mabalaglar harajat qilinadi. SHundan, 132600 million sumi «O‘zbekenergo», 313200 million sumi «Uzsanoatqurilishbank» kre­dit mablag‘lari xyasoblanadi. Natijada, mamlakatimiz hududidagi 2721 ta mahallada iste’molchilarning elektr ta’minoti sifati va ishonchliligini oshirishga, tarmoqlarning nochor holati bilan bog‘liq uchishlar sonini keskin kamaytirishga erishiladi.

2017-2018 yillarda Mamlakatimizda zamonaviy savdo infratuzilmasini yaratish hamda tumanlar va shaharlarning arxitektura kiyofasini yaxshilash maqsadida 242 ta dexdon (ozikovkat) bozorini optimallashtirish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi hamda ularning hududida 40 ta zamonaviy gipermarket, 63 ta supermarket hamda 139 ta minimarket tashkil etiladi.

SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi kinematografiyasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2017 yilning I va IV choragida Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Korakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Uzbekkino va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ulligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari ishlab chiqiladi.

Prezident qarori kinematografiya tizimining tashkiliy tuzilmasini hamda normativhuquqiy bazasini takomillashtirish, kinematografiya ob’ektlarining moddiytex­nik bazasi va arxiv fondini yangilash, bu sohada maxsulot sifatini oshirish, qadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy usullarini amalda qo‘llash imkonini beradi.

Vazirlar Maxdamasi qarorida Mamlakatimiz teatrlarining moddiytexnik bazasini mustahkamlash va ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish orqali aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatish mexanizmlari asoslab beriladi. Harakatlar strategiyasida aholining dam olishi hamda zamonaviy madaniyat markazlarini tashkil etishga katta ustuvor vazifa sifatida qaralgan. Xususan, 2017 yil davomida Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi «2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish mar­kazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 178-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 100 ta markazda ta’mirlash va jixozlash ishlarini yakunlash choralarini qurish va ularni foydalanishga topshirish hamda 100 ta madaniyat va istiroxat bogini ta’mirlash va jixozlash ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirgan Davlat dasturining ustuvor vazifalarida «2017-2027 yillarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish va moddiytexnik bazasini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish» ko‘zda tutilgan. Ushbu ustuvor vazifani amalga oshirish bo‘yicha Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitalari, Korakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash topshirilgan. Qarorni amalga oshirish xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosini yanada chuqur o‘rganish, targib qilish, boyitib borish, ishonchli muhofaza qilish imkoniyatlarini yaratadi. SHuningdek, muzeylar faoliyati takomillashadi va ularning moddiytexnik bazasi zamon talablari asosida mustahkamlanadi.



SHu bilan birga aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilashda muhim ahamiya tga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Avtomobil yo‘llari bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil qilindi. Bu esa O‘zbekistonda hamma toifadagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish, ularni rivoj­lantirish masalalarini tizimli ravishda xal ztishni ta’minlaydi.

YUqorida bayon qilingan barcha chora-tadbirlar mamlakatimizda inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi.



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling