Detsentralizatsiya nomarkazlashtirish; markaziy hokimiyat organlari vakolatlarining bir qismini mahalliy hokimiyat organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat tashkilotlarga berish; markazlashuvnibo‘shashtirish yoki bekor qilish, tugatish.
Diaspora – yun. diaspora tarqalish ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi (masalan O‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi).
Diversifikatsiya – lot. diversification – o‘zgarish, turlitumanlik, faoliyatni har tomonlamava turlituman yo‘nalishlarda rivojlantirishga strategik mo‘ljal olish. Masalan, kapitalni diversifikatsiyalash – iqtisodiy tavakkalchilikning xavfli oqibatini kamaytirish maqsadida kapital mablag‘larni turli ob’yektlar o‘rtasida bo‘libbo‘lib joylashtirish.
Diniy bag‘rikenglik bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilmaxil usullarini hurmat qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.
Diskurs ingl. discourse < lat. discursus – suhbat, muomala, monolog, dialog.
Do'stlaringiz bilan baham: |