Jamoat birlashmalari – fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashmalari. Ularga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi.
Jarayon – muayyan vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar, voqea va hodisalarning davomiyligi. J.lar uzlukli va uzluksiz, tabiiy va sun’iy, takrorlanuvchi va byetakror, boshqariluvchi va boshqarilmas bo‘lishi mumkin.
Jinoyat – qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish.
zamin, o‘lkadir.
Identifikatsiya – (lot. o‘xshatmoq, tenglashtirmoq, baravarlamoq) monandlik. Siyosiy identifikatsiya u yoki bu siyosiy guruhga o‘zini boshqalardan ajratish imkonini beruvchi barqaror belgilar, xususiyatlar birligi.
Ijtimoiy adolat – barcha ijtimoiy toifalarning jamiyatda o‘z o‘rni mavjudligini va qonun oldida ularning o‘zaro teng huquqlarga ega ekanligini e’tirof etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |