Gipotetik – faraz qilingan, taxmin qilingan.
Global fran. globalumumiy); umuman olganda, butun er yuzi bo‘ylab.
Global fran. globalumumiy); umuman olganda, butun er yuzi bo‘ylab.
G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsadmuddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr
G‘oyaviy bo‘shliq deb, eski xukmron mafkura halokatga uchrab, u bilan bog‘liq tushunchalarning qadrsizlanishi, bugungi hayot, o‘tmish va kelajakka dahldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni to‘liq anglab etmasligi oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga keladigan bo‘shliqqa aytiladi.
Gumanizm (insonparvarlik) – tenglik, adolat, o‘zaro hurmat, inson qadrini ardoqlash, odamlar farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qilish g‘oyalari singdirilgan dunyoqarash.
Guruh manfaatlar, qarashlar, kasbiy, faoliyat tarzi bo‘yicha birlik va umumiylik kasb etgan shaxslar yig‘indisi, birlashmasi.
Davlat – muayyan hududda jamiyat va uning siyosiy tizimini tashkil etish usuli, hokimiyatning markaziy instituti, jamiyatning siyosiy tashkiloti bo‘lib, ma’lum bir hudud va unda yashovchi xalqlarni o‘z ichiga oladi. Jamiyatni boshqaruvga tizim sifatida Davlat ichki tizimga o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun maxsus organlarga ega. Davlat odamlar va jamoat guruhlarining faoliyati hamda munosabatlarini tashkil etadi, ularni yo‘naltiradi va nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |